So’nggi yangiliklar

23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  65 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3

"Futbol retro talqinda" (96-son) Yangiliklar

"Futbol retro talqinda" (96-son)

Ushbu ruknimizdan tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

Maqsadimiz — eski davrga oid suratlarni futbol ixlosmandlariga taqdim etib, ularga tanish voqealarni eslatish hamda yangi, qiziqarli voqeliklar, statistik ko'rsatkichlar, faktlar bilan bo'lishish.  

Argentina terma jamoasi. 1998 yil.

Tezkorligi uchun "Roma" muxlislari tomonidan "Pendolino" laqabi berilgan himoyachi – Kafu (Braziliya). 1998 yil.

"Pendolino" – Italiyaning tezyurar poezdi.

1998 yilgi JCH chorak finalida Germaniyani 3:0 hisobida taslim etib, uyiga qaytarib yuborgan Xorvatiya azolari Davor SHuker va Zvonimir Boban.

1999 yilgi tarixiy transferlardan biri: Terri Anri "Yuventus"ni "Arsenal"ga almashtirdi. 

Franciyalik hujumchi hozirgacha London klubi tarixidagi eng kuchli futbolchi hisoblanadi. Statistik raqamlar shart emas, "Emireyts" stadionida uning sharafiga haykal o'rnatilgani barchasini anglatib turibdi.

Angliya terma jamoasi. 1996 yil.

Tik turganlar (chapdan o'ngga): Pol Ins, Devid Platt, Stiv Makmanaman, Devid Simen, Garet Sautgeyt, Alan SHirer

O'tirganlar: Pol Gaskoyn, Teddi SHeringem, Toni Adams, Styuart Pirs, Darren Anderton

Jamoa o'z uyida o'tgan Evropa chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritgan.

"Yuventus". 1991/1992 yilgi mavsum.

2004 yilning oktyabridan 2007 yilning apreligacha bo'lgan vaqt davomida umuman sariq kartochka olmagan, "Marca"ning muxlislar orasida o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra Ispaniya tarixidagi eng kuchli futbolchi deb topilgan Raul Gonsales.

Finalda "Bavariya"ni mag'lub etib, Evropa CHempionlar ligasi g'olibiga aylangan "CHelsi". 2012 yil.

Klaudio Bravo ("Real Sosedad"). 2007 yil.

U klub safida jarima zarbasidan to'p kiritishga ham ulgurgan. 

"Bavariya" – "Verder". Mixael Ballak va Miroslav Kloze havodagi to'p uchun kurashda. 2004/05 yilgi mavsum.

Kloze – jahon chempionati 4 ta medali (oltin, kumush va ikki bronza)ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi).

"Ayaks"ning yangi yosh futblolchisi Marko van Basten. 1981/82 yilgi mavsum. 

Marko 3 karra "Oltin to'p" egasi. U birinchi sovrinini otasiga bergan, ikkinchisini o'zida olib qolgan, uchinchisini esa Silvio Berluskoniga sovg'a qilgan.

Qiziqarli surat: "Tottenxem Xotspur" – "Manchester Yunayted". Uels termasining hozirgi etakchisi Garet Beyl va oldingi lideri Rayan Giggz to'p uchun kurash olib bormoqda. 2007/08 yilgi mavsum.

"Sankt-Pauli" – "Maync 05". Yurgen Kramni, Zlatan Bayramovich va Yurgen Klopp. 1999/2000 yilgi mavsum.

Peru terma jamoasi futbolchilari Xeronimo Barbadilo, Sesar Kueto, Gilermo La Rosa, Xulio Sesar Uribe, Xuan Karlos Oblitas terma katta murabbiyi Timni diqqat bilan eshitishmoqda. 1982 yil.

1999/2000 yilgi CHempionlar ligasi. "Milan". 

Tik turganlar (chapdan o'ngga): Maldini, Serjino, Ayyala, Birxoff, Abbyati, SHevchenko

O'tirganlar: Xelveg, Leonardo, Gattuzo, Albertini, Kostakurta

Jamoa tarkibi qanchalik kuchli ko'rinmasin, hatto guruhdan chiqolmagan.

"Barselona" prezidenti Xosep Luis Nunes, bosh murabbiy Yoxan Kroyf va yangi kelib qo'shilgan o'yinchilar George Popesku, Mexo Kodro, Robert Prosinechki, Luish Figu va Anxel Kuelyar. 1995/96 yilgi mavsum.

Evro-2004. Yosh Krishtianu Ronaldu Niderlandiya darvozasini ishg'ol qiolmoqda (2:1).

Italiya A Seriyasining 1983/84 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi Ziko va chempionat 1978/79 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purari Bruno Jordano "Udineze" – "Lacio" uchrashuvida.

2000-yillar boshlaridagi eng urushqoq o'yinchilar Roy Kin va Jennaro Gattuzo to'qnashuvi. 2005 yil.

Kadrmisan kadr.

Jarima zarbasi ustalari – Roberto Karlos, Devid Bekxem.

JCH-1998 ramziy jamoasi.

1970-yillarning eng kuchli futbolchilari.

Har doim o'z orzungiz ro'yobiga ishoning.

17 yoshli Pep Gvardiola. 1988 yil.

Oldingi 10 ta son:

"Buyuk sardor", "Bavariya" afsonalari (86-son)
Aka-uka Kumanlar, klassik qarama-qarshilik (87-son)
Niderlandiya-2005, bitta kadrdagi ikki afsona (88-son)
JCH-1994 liboslari, CHLni yutgan eng yosh murabbiy (89-son)
Jaydari bolalar, A Seriyaning 90-yillardagi posbonlari (90-son)
Ronaldu evolyuciyasi, Karles Puyol "orzular jamoasi" (91-son)
Qishloqlik ispan yigiti, eng sovrindor murabbiylar (92-son)
Jahldor "Oltin to'p" egalari, PSJ ramziy termasi (93-son)
2009 yilgi "Benfika", EVRO-2008 ramziy jamoasi (94-son)

2011 yil ramziy jamoasi, "Paxtakor" stadioni (95-son)

G'oya muallifi: SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика