So’nggi yangiliklar

00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  0 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1

"Futbol retro talqinda" (100-son) Yangiliklar

"Futbol retro talqinda" (100-son)

Ushbu ruknimizdan tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

Yubiley songa atab Instagram sahifamizni ham yo'lga qo'ydik. 

Moziyga oid suratlar orqali o'zingizga tanish bo'lgan yoki yangi, qiziqarli voqeliklar, statistik ko'rsatkichlar, faktlar bilan tanishib borish imkoniyatiga egasiz. Bu uchun @retrofutbol_ca sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.

Diego Maradona sharafiga Diego ismini olgan argentinalik hujumchi Milito ("Real Saragosa"). 2005 yil.

Nigeriya terma jamoasi. 2002 yil.

Tik turganlar: Taribo Uest, Ike SHorunmu, Jozef Yobo, Ayzek Okoronkvo, Julius Agaxova, Ifeani Udeze

O'tirganlar: Jey-Jey Okocha, Selestin Babayaro, Jastis Kristofer, Jon Utaka, Bartolomyu Ogbeche

O'sha vaqtda chempionlik uchun murosasiz kurash olib borgan jamoalar azolari – Toni Adams ("Arsenal") vs. Rayan Giggz ("Manchester Yunayted"). 1999 yil.

Murabbiy sifatida Germaniyaning 7 karra chempioniga aylangan Ottmar Xitcfeld futbolchilik davrida (GFR olimpiya terma jamoasi). 1972 yil.

"Yuve" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purar Jampero Boniperti (179 gol). 1957 yil. 

Malumot o'rnida, Turin klubining eng yaxshi to'purari Alessandro Del Pero (289 gol) hisoblanadi.

Argentina, Ispaniya va Italiya chempioni, tayanch yarim himoyachisi Fernando Redondo ("Tenerife") va afsonaviy Diego Maradona ("Sevilya"). 1992 yil.

JCH-2002 ishtirokchilari Devid Konnolli va Gari Brin. Irlandiya termasi. 2001 yil.

Portugaliyaning 1989 va 1991 yildagi eng yaxshi futbolchisi, mamlakat tarixidagi eng kuchli posbon – Vitor Bayya. 2000 yil.

ECHL va UEFA Kubogi g'olibi, Evropa Superkubogi sohibi, "Pitbul" laqabi egasi – Edgar Davids ("Milan"). 1996 yil.

Millionlab ishqibozlar kumirlari Xavi Ernandes hamda David Vilya. Ispaniya milliy jamoasi. 2010 yil.

Malumot uchun, ushbu surat Ispaniyaning JCH guruh bosqichi 3-turi doirasidagi CHiliga qarshi o'yinida olingan. O'shanda ispaniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgandi.

JCH-1998. Angliya – Kolumbiya 2:0. Maykl Ouen Farid Mondragon darvozasi oldida xavfli holatni sodir etmoqda, kuzatuvchi rolida himoyachi – Vilmer Kabrera.

Qariyb 52 yil burun Mexiko shahridagi "Acteka" stadionida futbol bo'yicha to'qqizinchi jahon chempionati final uchrashuvi bo'lib o'tgan. Hal qiluvchi bahsda Braziliya terma jamoasi Italiya bilan bellashib, 4:1 hisobida g'alaba qozongan va 3 karra jahon chempioniga aylangan.

Olifta yigitlar (chapdan o'ngga): Rober Pires, Dennis Bergkamp, Patrik Vieyra, Edgar Davids, Rushtu Rechber, Ronaldino, Patrik Klyuyvert

Yugoslaviya terma jamoasi 1992 yilgi Evropa chempionati uchun maxsus chiqarilgan Panini nakleykalari albomida.

Terma jamoa musobaqaga 10 kun qolganida BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga binoan turnirdan chetlashtirilgan. Uning o'rniga Evroda qatnashgan Daniya esa sensacion ravishda g'oliblikni qo'lga kiritgan.

ECHL. PSJ – "Spartak" 4:1. To'p uchun kurashda "Buxoro" sobiq yarim himoyachisi Muhsin Muhammadiev va Franciyaning 1993 yildagi eng yaxshi o'yinchisi David Jinola. 1994 yil.

"Arsenal". 2005 yil. "Xayberi" bilan xayrlashuv mavsumida tushilgan jamoaviy surat.

Tepa qatordagilar: Arsen Venger (bosh murabbiy), Robin van Persi, Loran Etame Mayer, Yens Lemann, Dennis Bergkamp, Sesk Fabregas, Kolo Ture, Pet Rays (murabbiy), Eshli Koul.

Pastki qatordagilar: Xose Antonio Reyes, Fredrik Yungberg, Jilbertu Silva, Patrik Vieyra, Terri Anri, Sol Kempbell, Gael Klishi.

JCH-1966. XX asrning eng yaxshi darvozaboni Lev Yashin bolakaylarga dastxat ulashmoqda.

Rafael Benites "Liverpul" yangi futbolchilari Luis Garsiya va Xabi Alonsoni tanishtirmoqda. 2004 yil.

JCH-1966. Havaskor tomonidan Angliya – Portugaliya (2:1) to'qnashuvida "Uembli" stadioni tribunasidan olingan foto.

JCH-1978. Himoyachi Erni Brandts Italiya terma jamoasi darvozasiga to'p kiritib, Niderlandiyaga g'alaba keltirmoqda (2:1).

ECHL. 2002/03 yilgi mavsum. "Real Madrid" – "Manchester Yunayted" (3:1). To'p uchun kurashayotgan Klod Makelele, Luish Figu va Rud van Nistelroy.

Franciyalik tirik afsona Terri Anrining ushbu harakati asosida "Emireyts"da haykal barpo qilingan.

Bir-birini ko'rarga ko'zi yo'q futbolchilar – "Liverpul" timsoli Stiven Jerrard va senegallik o'yinchi El Hoji Diuf ("Blekbern Rovers").

Braziliyaliklar Robino va Roberto Karlos yosh Leo Messini to'xtatib qolishga urinishmoqda.

"Sehrgar"ning faoliyati – 825 ta o'yin, 313 ta gol

Bir kuni "CHelsi"da

Yosh Luka Modrich Zagrebning "Dinamo" klubi tarkibida

Bonus. Yulduzli surat. 

Avvalgi 5 ta sonda:

2011 yil ramziy jamoasi, Tarix yaratuvchilari, "Paxtakor" stadioni (95-son)
"Pendolino", Ispaniyaning eng kuchli futbolchisi, JCH-1998 ramziy jamoasi (96-son)
Ispaniya termasi "oltin avlodi", yosh ovchi, legendometr (97-son)
"San-Siro" va uning atrofi, "Yuventus"da 2 mavsum o'tkazgan Zlatan (98-son)
2004 yilning eng  qimmat o'yinchilari, Maurisio Pochettino evolyuciyasi (99-son)

G'oya muallifi: SHerzod Nurmatov

Instagram'dagi @retrofutbol_ca sahifasiga obuna bo'ling!

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика