Freddi Migel Gonsalles: "O'zbekiston bilan qiyin o'yin bo'lishini kutgandim. CHunki..."
25 iyu 2021 15:02
Yangiliklar
Freddi Migel Gonsalles: "O'zbekiston bilan qiyin o'yin bo'lishini kutgandim. CHunki..."
Ushbu uchrashuvdan so'ng Venesuela terma jamoasi bosh murabbiy Freddi Migel Gonsalles fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bunday o'yin bo'lishini kutgandim. CHunki O'zbekistonning o'yinlarini ko'rgan edim. Raqib o'ziga hos tajribaga ega jamoa. SHuningdek bosh murabbiyi ham malakali mutaxassis. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limda ular biroz ustunlikka ega bo'lishdi. Himoyadagi xatolarimizni to'g'irlagan holda ikkinchi bo'limda etarlicha vaziyatlar yaratdik, gol ham urdik.
O'zbekiston va Venesuela teng kuchli jamoa. Oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimiz chiroyli o'yin ko'rsatish edi. SHu bois ikki tomon ham ochiq o'yin ko'rsatdi. Biz shu orqali Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirganmiz.
O'z qitamizdan tashqarida o'yin o'tkazdik. O'zbekiston Osiyo qitasi vakili. Ularning o'yini va uslubi biz uchun yangilik bo'ldi. Biz mana shunday o'yinlar orqali o'zimizda etishmayotgan narsalarni to'ldirishga harakat qilamiz",- deydi Freddi Migel Gonsalles.
Fikrlar