Fransesk Fabregas: “Umrimning oxirigacha Vengerdan minnatdorman”
12 fev 2014 14:17
Yangiliklar


Fransesk Fabregas: “Umrimning oxirigacha Vengerdan minnatdorman”
“Barselona” yarim himoyachisi Sesk Fabregas “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Arsenal” to'g'risida unchalik ko'p gapirishni istamayman, chunki ular ushbu mavsumda yaxshi o'ynashayapti.
Arsen Venger haqida faqatgina bitta so'z aytishim mumkin - u haqiqatdan ham men uchun muhim inson edi.
Umrimning oxirigacha undan minnatdorman. Biz u bilan juda yaqin edik.
Ozil? U ajoyib assistent. Mesut “Arsenal”ning g'alabalariga ulkan hissa qo'shayapti”, - deydi Fabregas.

Fikrlar