So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  3 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  78 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

Francuzcha snaryad. Nega Mate Debyushi Bakari Sanyaga ajoyib o'rinbosar? Yangiliklar

Francuzcha snaryad. Nega Mate Debyushi Bakari Sanyaga ajoyib o'rinbosar?

31 yoshli himoyachining klubdan ketishi “to'pchilar” uchun katta yo'qotish bo'lishi mumkin, ammo “Nyukasl”ning sobiq yulduzi munosib o'rinbosar bo'lishi mumkin.
Debyushi yaxshigina tajribaga, himoyaviy uquvga, ikkinchi qavatda kurashib, g'alabaga intilish kabi xususiyatga ega.

O'tgan mavsumda klubning eng mashhur futbolchisi ketganidan so'ng, jamoada ichki inqiroz bo'ldi. Ammo bu safar Arsen Venger tez va foydali ishladi va jamoaga bo'sh qolgan joyga, barcha futbol muxlislari taniydigan futbolchini olib keldi. “Nyukasl” Debyushi transferidan 8 million atrofida pul ishlab oldi.



Bakari Sanya “Emireyts”dan ketishini uzoq cho'zdi, bu vaqt esa Venger uchun kerak edi.”Arsenal” yanvarda “Ayntraxt” yosh himoyachisi Sebastyan Yungni kuzatdi, keyin esa “Tuluza”dan Serj Oreni xarid qilishga urinishdi.

Matyo ilk bor oq-qizil futbolkani kiyganida Venger jamoadagi bo'shliqni to'ldirganidan ko'rgli to'lgan bo'lsa kerak. “Nyukasl”dan ko'chib o'tgan 28 yoshli futbolchini uzoq yillik o'rinbosar deb ishonib bo'lmaydi. Venger balki hozir ham yosh Jenkinsonga ishonayotgan bo'lsa kerak, agar shu iqtidor egasi o'z o'yinini kuchaytira olsa, Debyushining yoshi salbiydan ko'ra ijobiy taraf bo'ladi.

Sovrin yutish uchun bosim oshayotgan “Arsenal” o'z safini francuz himoyachisini bilan to'ldirishi, ular uchun juda muhim rol o'ynashi mumkin. Debyushi Angliyaladagi 18 oyi mobaynida o'zini juda yaxshi himoyachi sifatida tanishtirishga ulgurdi. O'tgan mavsum statistikasi bo'yicha futbolchi bir uchrashuvda o'rtacha 3,3 bora to'pni raqibdan olib qo'ygan.Bu ko'rsatkich faqatgina Jon Flanagan, Pablo Sabaleta va Sesar Aspilikuetadan past. SHu bilan birga u bir o'yinda o'rtacha 2,4 bora to'p oshirishlarini ilib olish bilan “Nyukasl” himoyasining yakka etakchisiga aylantirib qo'yadi.



“Arsenal”ning yangi nishoni Serj Ore “Tuluza” safida juda yaxshi ishtirok etdi. Ivuarlik futbolchi Franciya ligasida jamoadoshlariga gol urish uchun 32 ta to'p oshirib berdi va terma jamoa safida ham mundialda ishtirok etib 2ta golga hammualliflik qildi. Mate esa 23ta imkoniyat yaratdi, ammo “Nyukasl” murabbiyi Alan Pardyu futbolchiga tez-tez hujumga qo'shilishni taqiqlab qo'ydi.  Debyushining jamoa himoyasiga qo'shgan katta hissasi, raqibdan to'pni olib qo'yish, hujumni bartaraf qilish, to'p oshirishni ilib olishlarni qo'shib hisoblaganda o'rtacha 10.4 ni tashkil etar ekan. Oreda esa kamroq – bor yo'g'i 8. Mate Oredan ko'ra ikki marta kam to'p oshirishlarida xato qilgan.
 
Bu sizga g'alati bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo 28 yoshli “Nyukasl” futbolchisining eng yaxshi qobiliyati ikkinchi qavatda o'ynay olishi ekan. Hech bir Evropaning kuchli besh chempionatidaga o'n qanot himoyachisi  ikkinchi qavatdagi duellardan Debyushidan ko'p g'olib bo'lmagan.  Bu raqamlar Ore va Sanyanikidan ham ko'p (4ga qarshi 2,7 va 3.5).

Bakarini qo'yib yuborgan Venger, jamoadagi eng kuchli va eng tajribali futbolchidan ayrildi. Muxlislar francuzga oshiq bo'lib qolishdi va “to'pchilar” rahbariyati chempionlik uchun transfer oynaysida o'zini faol namoish etishdi. To'g'ri, bu qarorni qabul qilish qiyin, ammo tushunsa bo'ladi.



Sanyadan farqli o'laroq, Debyushi Angliyaga “Lill” safida Franciya Kubogida va chempionatida katta muvaffaqiyatga erishib  kelgan.Bu farq “Arsenal” uchun juda muhim, chunki sovrin uchun katta ishtiyoq ularni g'alabalarga intilishga majbur qiladi.

PSJga o'tgan Yoan Kabay, jurnalistlarning “Sobiq jamoangizdagi eng yaxshisini ko'rsating” degan savoliga, u o'z do'sti Debyushini ko'rsatdi va uni haqiqiy professional, jangchi va umuman olganda juda aqlli inson deb maqtadi. “Arsenal”ga bir necha yillar davomida etishmay kelayotgan sifat, balki yangi futbolchi bilan o'z echimini topar. Bu transfer jamoaning oldinga tashlagan qadami deyish mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика