Francuz klubi futbolchisida koronavirus aniqlandi
06 iyu 2020 20:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579322_original.jpg)
![](/upload/storage/579322_220.jpg)
Francuz klubi futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Bordo" futbolchilaridan birining koronavirus infekciyasi uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan. Bu haqida klub matbuot xizmati malum qildi. Zararlangan futbolchining shaxsi ochiqlanmadi.
"Infekciya aniqlangan o'yinchi darhol izolyaciya qilindi, u 2 hafta davomida karantinda bo'ladi. Klub hushyorlikni yo'qotmagan holda qolgan futbolchilar va xodimlarning ahvolini diqqat bilan kuzatishda davom etadi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Franciya ayni paytda koronavirusdan vafot etganlar soni bo'yicha dunyoda 6-o'rinni egallab turibdi (29 893).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar