"Bordo" birgina muxlisning ishi tufayli Liga 1ga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi
12 iyu 2023 20:45
Yangiliklar
"Bordo" birgina muxlisning ishi tufayli Liga 1ga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi
"Bordo"ga "Rodez"ga qarshi Liga 2 bahsi uchun texnik mag'lubiyat yozildi.
Eslatib o'tamiz, Liga 2ning so'nggi tur o'yini birinchi bo'limda to'xtatilgan edi. O'sha bahsda maydonga tushib ketgan "Bordo" muxlisi golni nishonlayotgan "Rodez" xavbeki Lyuka Byuadeni turtib yuboradi, shundan so'ng futbolchini zambilda olib chiqib ketishdi.
Intizom qo'mitasi "Bordo"ga texnik mag'lubiyat hisoblash qarorini qabul qildi. "Bordo" kelasi mavsum Liga 1da o'ynashi uchun ushbu bahsda g'alaba qozonishi kerak edi.
SHunday qilib, kelasi mavsum Liga 1da 2-o'rinni egallagan "Metc" hamda ikkinchi divizion g'olibi "Gavr" ishtirok etadi. 3-o'rinda qolgan "Bordo" esa Liga 2da o'ynayveradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar