Fransiyaning 6 karra chempioni professional klub maqomidan mahrum qilindi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2024, 21:14
Bunga moliyaviy muammolar sabab bo'lgan.

Bugun Fransiyaning "Bordo" klubi professional maqomidan mahrum qilindi. Jamoa moliyaviy muammolar tufayli Fransiyaning uchinchi ligasiga tushirib yuborildi. 

Shu tariqa, 2009 yil mamlakat chempioniga aylangan klub endilikda qarz yukini kamaytirish maqsadida barcha futbolchilar bilan shartnomani bekor qiladi va mashg'ulot markazini yopadi.

Eslatib o'tamiz, "Bordo" mamlakatning 6 karra chempioni sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports