Franciyaning Moldova va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi malum
14 mar 2019 20:01
Yangiliklar


Franciyaning Moldova va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi malum
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Evro-2020ning kvalifikaciya bahslari doirasidagi Moldova hamda Islandiya termalariga qarshi o'yinlarga boradigan 23talik tarkibni elon qildi.
So'nggi yig'inlarni o'tkazib yuborgan “Barselona” azosi Samyuel Umtiti hamda 2017 yildan buyon terma jamoaga chaqirilmayotgan “Bavariya” futbolchisi Kingsli Koman ham qaydnomadan joy olgan.
Demak, Franciyaning tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar – Ugo Loris, Alfons Areolya, Stiv Mandanda.
Himoyachilar – Lyuka Din, Benjamen Pavar, Presnel Kimpembe, Rafael Varan, Leven Kurzava, Samyuel Umtiti, Djibril Sidibe , Kurt Zuma.
Yarimhimoyachilar – Pol Pogba, Ngolo Kante, Blez Matyuidi, Mussa Sissoko, Tangi Ndombele.
Hujumchilar – Antuan Grizmann, Olive Jiru, Kilian Mbappe, Kingsli Koman, Nabil Fekir, Floryan Toven, Antoni Marsyal.
Eslatib o'tamiz, Moldovaga qarshi uchrashuv 22 mart kuni, Islandiya bilan o'yin esa 25 mart sanasiga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar