Franciya terma jamoasi hujumchisi Xitoydan tushgan 12 millionlik taklifni rad etdi
29 iyu 2019 14:30
Yangiliklar


Franciya terma jamoasi hujumchisi Xitoydan tushgan 12 millionlik taklifni rad etdi
"Sevilya" hujumchisi Vissam Ben-Yedder klubda qoladigan bo'ldi.
Franciya terma jamoasi hujumchisi Xitoyning "Beyczin Sinobo Goan" klubidan tushgan yaxshigina taklifni rad etdi.
Xitoy klubi futbolchiga yiliga 12 million evro berishga tayyor edi.
28 yoshli Ben-Yedder "Sevilya"ga 2016 yil "Tuluza"dan 9,5 million evro evaziga o'tgan edi. Hujumchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 54ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar