So’nggi yangiliklar

21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  6 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  19 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3

Franciya. Mavsum boshlanishiga 2 soat qoldi (Prevyu) Yangiliklar

Franciya. Mavsum boshlanishiga 2 soat qoldi (Prevyu)

Teglar :  Liga 12019-2020
Franciya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsumi yana 2 soatdan so'ng yo'lga chiqadi.

Ushbu chempionat boshlanishi umuman olganda nafaqat Franciya, balki top-5 chempionatlari orasida APL bilan birga birinchilardan bo'lib start olmoqda. 

Dastlabki o'yin "Monako" va "Lion" kabi ikki kuchli jamoa o'rtasida bo'lsa, yana ham bahs qiziqarli bo'lishi turgan gap. 

Har doimgidek, bu mavsum ham katta ehtimol bilan PSDJ klubi peshqadamlik uchun asosiy davogar bo'lsa, unga raqobat qilguvchi klublar soni oshishi mumkin. Bular qatoriga "Marsel", "Monako", "Lill" va "Lion" jamoalarini qo'shish lozim. 

O'tgan mavsum so'nggi o'rinlarni qayd etgan "Kan" va "Gengam" quyi ligaga tushib ketdi, ularning o'rnini "Metc" va "Brest" jamoalari to'ldirdi. "Dijon" klubi esa o'tish o'yinida g'alaba qozonib, Liga 1da jon saqlab qoldi. 

Bugungi kun tartibidan faqat "Monako" - "Lion" o'rtasidagi bahs o'rin olgan. Ertaga 6 ta, yakshanba kuni esa qolgan 3 ta o'yin o'tkaziladi. Turni yakunlab beruvchi o'yin PSJ va Nim bahsi bo'ladi. 


Liga 1. Yangi mavsumning dastlabki o'yini (Prevyu)


1-tur o'yinlari

09.08.19, juma  

Monako — Lion (23:45)


10.08.19, shanba  

Marsel — Reyms (20:30)

Dijon — Sent-Eten (23:00)

Nicca — Amen (23:00)

Monpele — Renn (23:00)

Anje — Bordo (23:00)

Brest — Tuluza (23:00)


11.08.19, yakshanba

Lill — Nant (18:00)

Strasburg — Metc (20:00)

PSJ — Nim (00:00)


Halqaro maydon

Bu yili UEFA CHempionlar ligasida Franciya sharafini 3 klub himoya qiladi: PSJ, "Lill" va "Lion". Evropa ligasida esa "Sent-Eten", "Renn", "Strasburg" klublarining o'yiniga guvoh bo'lamiz. 


Statistika (O'tgan mavsum)

Eng yirik g'alaba: PSJ - "Gengam" 9:0 (19 yanvar 2019)

Eng yirik mehmondagi g'alaba: "Kan" - "Sent-Eten" 0:5 (16 mart 2019)

Eng uzun g'alabali seriya: 14 o'yin, PSJ

Eng uzun mag'lubiyatsiz seriya: 20 o'yin, PSJ

Eng uzun g'alabasiz seriya: 12 o'yin, "Monako"

Ketma-ket mag'lubiyatlar seriyasi: 6 o'yin, "Gengam"

Eng tomoshabop o'yin: "Marsel" - PSJ 0:2 64,696 tomoshabin (28 oktyabr 2018)

Eng kam tomoshabin kelgan o'yin: "Monako" - "Anje" 0:1 5,502 tomoshabin (25 sentyabr 2018)

O'rtacha har bir uchrashuvga: 22,833 tomoshabin

To'purar: Kilian Mbappe 33 ta gol (PSJ)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика