Franciya FF prezidenti Desham o'rniga kim kelishini aytdi
25 jan 2020 01:40
Yangiliklar


Franciya FF prezidenti Desham o'rniga kim kelishini aytdi
Franciya futbol federaciyasi (FFF) prezidenti Noel le Graening aytishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamning o'rnini kelajakda Zinedin Zidan egallarkan.
“Qachonki Desham terma jamoani tark etsa, Zidan ushbu joyni egallaydi”, deya Le Graening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es nashri Canal+ ga tayanib.
Desham 2012 yildan buyon Franciya termasiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Uning qo'li ostida uchranglilar 2016 yilgi Evropa chempionati finaliga qadar etib borishdi, 2018 yilgi Jahon chempionatida esa g'olib chiqishdi. 51 yoshli murabbiyning FFF bilan shartnomasi 2022 yil so'nggiga qadar amalda bo'ladi.
Zidan “Real”dagi uch yillik faoliyati davomida 10 ta sovrin yutishga erishdi. Uning qirollik klubi bilan kelishuvi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 29

Fikrlar