So’nggi yangiliklar

15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2

Franciya 1-ligasida o'ynaydigan futbolchi ko'prikdan sakrab, o'z joniga qasd qilmoqchi bo'ldi Yangiliklar

Franciya 1-ligasida o'ynaydigan futbolchi ko'prikdan sakrab, o'z joniga qasd qilmoqchi bo'ldi

Teglar :  "Nicca"
22 yoshli yigitning bunday qarorga kelishiga sevgi mojarosi sabab bo'lgan.

"Nicca" futbolchisi Aleksis Beka Beka o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lib, erdan 100 metrdan ortiq balandlikda joylashgan ko'prik chetidagi to'siqdan oshib o'tgan va sakramoqchi bo'lgan. Qariyb uch soatlik shovqin-surondan so'ng o'yinchi qutqarib qolingan.


BFM Nice Cote d'Azur nashrining xabar berishicha, "Nicca" yarim himoyachisi juma kuni tongda shahardagi A8 avtomagistralida joylashgan balandligi 123 metr bo'lgan Magnan ko'prigiga borgan va yo'l chetidagi to'siqni hatlab o'tib, o'zini erga tashlamoqchi bo'lgan.


Xabarlarga ko'ra, policiya futbolchini qutqarish uchun voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Qariyb uch soatlik urinishdan so'ng Aleksis eson-omon qutqarib qolingan.


Qayd etilishicha, Beka Bekaning o'z joniga qasd qilish fikri sevgilisi bilan rishtalari uzilganidan so'ng paydo bo'lgan.


Eslatib o'tamiz, 22 yoshli yarim himoyachi o'tgan yilning yozida "Nicca" klubi safiga qo'shilgandi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика