So’nggi yangiliklar

22:10Қатар – БАА. Жаҳон чемпионати йўлланмаси ҳал бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  12 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  0 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  2 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  2 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   19 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  7 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  3 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  28 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  12 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  10 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7

Beshinchi divizion klubi Franciya kubogida sensaciya qayd etdi. Bosh qahramon - 35 yoshli oshpaz darvozabon Yangiliklar

Beshinchi divizion klubi Franciya kubogida sensaciya qayd etdi. Bosh qahramon - 35 yoshli oshpaz darvozabon

"Nicca" kecha Franciya kubogi doirasida Franciyaning beshinchi divizion klubi bo'lmish "Kort" bilan uchrashdi.

"Kort" klubining qiziq jihati u Korsika oroli sharafini himoya qilishidadir. Korsikanlar o'zlarini to'liqligicha francuz hisoblashmaydi. Ularda italyan tiliga yaqin bo'lgan kuchli laxcha bor. Kimdir umuman francuz tilini rad etgan holda italyan tilida gapiradi. Masalan, taniqli francuz imperatori Napoleon Bonapart korsikan bo'lgan. U bolaligida italyan tilida gapirgan va 10 yoshni qarshi olganida francuz tilini o'rganishni boshlagan.



SHuningdek, "Kort" futbol klubining juda qiziqarli emblemasi bor, u Korsikaning boshqa bir klubi "Ayachcho"nikiga o'xshab ketadi. Qiziqarlisi, "Kort" o'zining taniqliroq "ukasi"dan ikki yilga katta (klublar 1908 va 1910 yillarda tashkillashtirilgan). "Kort" uzoq vaqt havaskor darajada Korsika hududiy chempionatida o'ynagan. Klub faqatgina 2020 yilga kelib yuqoriga odimlay oldi.



Korsika klubi o'zining kamtarona statusiga qaramay, "Nicca"ga jang taklif qildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. SHu bilan birga, "Kort" 11-daqiqada hisobni ochdi, "Nicca" esa bitta kam bo'lib ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirdi. O'yin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi va unda "Nicca" (6:4) omadliroq chiqdi.

"Kort" Franciya kubogidan Liga 1 vakilini chiqarib yuborishga yaqin edi va bunda 35 yoshli darvozabon Jak-Andre Lyusianining xizmatlari katta. U SofaScore statistik portali malumotlariga ko'ra 16ta seyv qayd etgan!

Lyusiani hech qachon yuqori darajada o'ynamagan, uning asosiy ishi "A La Pasta Corte" deb nomlanadigan oilaviy restoranda oshpazlik. Jak-Andre katta ehtimol bilan yaxshi tayyorlaydi: TripAdvisor saytida restoranning bahosi 4,5. U erda asosan italyan oshxonasida taomlari tortiladi.



Francuz matbuoti Jak-Andrening ishtirokini qayd etdi. Hattoki "Nicca" rasmiy sayti uni "to'xtatib bo'lmas" deya atagan holda darvozabonga "respekt" aytdi. "Corse Matin" korsikan sayti Lyusianini "bahaybad" deb atadi. Lyusiani SofaScore talqiniga ko'ra olish mumkin bo'lgan eng yuqori bahoni oldi – 10,0.


Oshpaz darvozabonning o'yindagi harakatlarini albatta tomosha qiling:



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика