So’nggi yangiliklar

22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  6 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  18 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  9 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  236 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  19 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1

FR: Asimov diskvalifikaciya qilingan Yangiliklar

FR: Asimov diskvalifikaciya qilingan

Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar bermoqda.

"16-tur doirasida Qarshida o'tgan uchrashuvning 84-daqiqasida bahsli vaziyat sodir bo'lgandi. Aniqroq aytsak, "Nasaf" futbolchilari Anzur Ismoilov to'pni o'z jarima maydoni ichida qo'l bilan o'ynaganini davo qilishgan. 

O'sha epizodda SHavkat Rahmatov (laynsmen) qoidaga zid harakat borligini ifodalaganidan keyin Aziz Asimov 11 metrli nuqtani ko'rsatdi. Vaziyatga VAR aralashib, Ilya Ilin bosh hakam monitor yoniga chaqirdi. Epizodni takror ko'rish jarayonida VAR xonasidagi hamkasbi bilan jiddiy tarzda bahslashgan referi penaltini bekor qilib, o'yinni davom ettirdi.

Bu to'g'ri qaror edi. Yani, o'yin natijasiga tasir qiladigan jiddiy xatoning oldi olindi. Ammo Aziz Asimov mana shu bahsdan keyin 3 ta turga diskvalifikaciya qilingan. 

CHetlatishning sababi to'g'risida izoh so'raganimizda O'zFHM toshkentlik arbitr VAR yo'riqnomasiga amal qilmagani uchun jazolanganini bildirdi. Qoidaga ko'ra, Asimov o'sha epizodda qanot hakamining ifodasi bilan penalti belgilashga shoshilmasligi, VAR xonasidagi hamkasbini eshitganidan keyingina nuqtani ko'rsatishi kerak ekan. 

Xullas, Qarshida o'yin natijasiga tasir qiladigan hech qanday xato bo'lmagan. FIFA referisi VAR yo'riqnomasidan chetga chiqqani uchungina 3 ta turni o'tkazib yuboradi. 

SHuningdek, bosh hakamga yuqori baho qo'ygan Baxtiyor Tog'aev 4 ta turga chetlatilgan", — deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.

Bu o'yindan keyin hech qaysi tomon hakamlar bo'yicha tegishli tartibda protest yozmaganini alohida takidlash kerak. Holatni tegishli qo'mita mustaqil ravishda o'rganib, qaror chiqargan.

Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика