Fozil Musaev: "Turon" Superligada kuchli uchlikka kirishni maqsad qilgan"
10 fev 2021 19:00
Yangiliklar


Fozil Musaev: "Turon" Superligada kuchli uchlikka kirishni maqsad qilgan"
Ko'pchilik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Fozil Musaev ham yangi mavsumni yaypanliklar safida boshlaydi. Bugun bo'lib o'tgan AGMKga(1:1) qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.
"Turon"ga o'tishim ko'pchilik uchun kutilmagan bo'lishi mumkin. Lekin, men buni normal holat sifatida qabul qildim. O'z maqsadlariga ega klub. Garchi, Superligada debyut qilayotgan bo'lsakda turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yildi. Ko'pchilik ishonmasligi mumkin. Mavsum yakunida nima bo'lishini ko'ramiz.
Klubning oldiga qo'ygan maqsadi, futbolchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar, murabbiylar shtabi, tashkiliy ishlardagi proffessionallik kabi omillar bu jamoani tanlashimda muhim ahamiyat kasb etdi.
"Hokim kubogi"da jamoa safida maydonga tushdim. Biroq, jarohat oldim. Dastlab, boshim yorildi. So'ng oyog'im lat edi. Umuman olganda moslashish qiyin bo'layotgani yo'q. CHempionat bahslari boshlanguniga qadar vaqt bor. SHu bois tiklanishga ulguraman, deb o'ylayman",- deydi Musaev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar