FOTO. Dortmund va “Iduna Park” Klopp bilan xayrlashdi
24 may 2015 11:37
Yangiliklar

FOTO. Dortmund va “Iduna Park” Klopp bilan xayrlashdi
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha oqshom so'nggi bor o'z shogirdlarini muhtasham “Signal Iduna Park” stadioniga boshlab tushdi.
Muxlislar bilan liq to'lgan stadionda muxlislar ajoyib muhitni yuzaga keltirishdi.
“Borussiya” esa 47 yoshli kouchning so'nggi o'yinida “Verder”ni 3:2 hisobida taslim etdi. O'yin yakunlangach, Klopp muxlislar bilan juda iliq tarzda xayrlashdi.
O'tgan yil davomida Yurgen “Borussiya” bilan 2ta chempionlik, Germaniya Kubogi, ikki bor Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, CHempionlar ligasining finaliga qadar etib bordi.
Klopp hali Dortmund klubi bilan yana bitta sovringa ega bo'lishi mumkin. “Borussiya” Germaniya Kubogi finalida “Volfsburg” bilan o'ynaydi. Agar ushbu kubok ham qo'lga kiritilsa, Yurgen Kloppning sovrinlari yana bittaga ko'payadi.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp “Borussiya”ni 2008 yilning iyulida qabul qilib olgan edi. Dortmundliklar Klopp boshchiligida jami 314ta o'yin o'tkazishdi. Bu uchrashuvlarning 178tasida jamoa g'alaba qozongan

Fikrlar