Fonte: "Ronaldu nafaqat jahon, balki kelgusi Evropa chempionatida ham o'ynaydi"
31 mar 2022 23:30
Yangiliklar


Fonte: "Ronaldu nafaqat jahon, balki kelgusi Evropa chempionatida ham o'ynaydi"
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joze Fonte hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, u so'nggi intervyusida o'z kelajagini o'zi belgilashini aniq aytdi. Jismoniy jihatdan o'zini yaxshi his qilmoqda, hatto ajoyib.
Agar u sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lsa va yuqori saviyada o'ynashda davom etsa, faoliyatini yakunlamaydi.
Ronaldu faoliyatini davom ettirmoqchi. O'ylaymanki, u nafaqat Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida, balki hech bo'lmaganda keyingi Evropa chempionatida ham ishtirok etadi", — dedi "Lill" futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar