Flik "Barsa" bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qiladi
25 dek 2025 00:20
Yangiliklar
Flik "Barsa" bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qiladi
Xans-Diter Flik "Barselona" bilan shartnoma muddatini uzaytirish masalasini ko'rib chiqishi mumkin. COPE xabar berishicha, kataloniyaliklar jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani 2028 yil iyunigacha uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi. Dastlab Flik 2026/27-yilgi mavsumdan so'ng faoliyatini yakunlashni mo'ljallagan edi, biroq endi rejalarini o'zgartirishi mumkin - u hozircha qaror qabul qilish uchun erta deb hisoblamoqda.
Flik klub va loyihadan juda mamnun - ayniqsa, "La Masiya"ning faoliyati uni hayratga solgan. Oilasi Barselonada yashashdan mamnun. Murabbiy "blaugrana"ning sport direktori Deku va klub prezidenti Joan Laporta bilan yaxshi munosabatda. Nemis murabbiysining fikricha, uning kelajagi ko'p jihatdan Laportaning o'z lavozimida qolish-qolmasligiga bog'liq.
"Barselona" prezidenti saylovi 2026 yilda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar