"Fiorentina" yana Pyontekka qiziqmoqda
02 dek 2020 18:47
Yangiliklar


"Fiorentina" yana Pyontekka qiziqmoqda
Florenciya klubi "Gerta" hujumchisi Kshishtof Pyontekga qiziqishni tikladi.
Italiya klubi yozda qo'lga kirita olmagan o'yinchini qishki transferlar oynasida yana tarkibga jalb qilishga urinib ko'radi.
Pyontekning o'zi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas. U oldinroq A Seriyada "Jenoa" va "Milan" klublari sharafini himoya qilgan.
Pyontek joriy mavsum "Gerta" safida Germaniya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar