"Fiorentina" Vlaxovich borasidagi taklifni rad etdi
05 avg 2021 12:58
Yangiliklar
"Fiorentina" Vlaxovich borasidagi taklifni rad etdi
"Fiorentina" "Inter"ning Dushan Vlaxovich borasidagi taklifini rad etdi.
Klub 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun kamida 60 million evro olmoqchi. SHunday ekan, agar Romelu Lukaku "CHelsi"ga o'tsa, "Inter"ning hujumdagi joyi uchun bosh davogar "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata bo'lib qolmoqda.
"Neradzurrilar" ko'rib chiqayotgan variantlar orasida "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka va "Roma" hujumchisi Edin Jeko bor.
Dushan Vlaxovich o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.
Fikrlar