"Fiorentina" sotiladi. Klub narxi va kelishuv shartlari malum
15 may 2021 23:33
Yangiliklar
"Fiorentina" sotiladi. Klub narxi va kelishuv shartlari malum
Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, u jamoasiini 10 kun ichida 335 million evroga Florenciya fuqarosiga sotishga tayyor.
"Tizimni qanday o'zgartirish kerak? Menga" Fiorentina"ni sotuvga qo'yishga ijozat bering. Men klubni 170 million evroga sotib oldim, 80 million buxgalteriya hisobiga sarfladim, yana 85 millionni sport markazi qurilishiga ketkazdim. Florentsiyadagi odamlar boy ekanliklarini ko'rmoqdaman. Men "Fiorentina"ni badavlat florenciyaliklarga sotib, Amerikaga uchib ketaman.
Kelishuv summasi 335 million evroni tashkil etadi, taklif 10 kun davomida amal qiladi, shu vaqt ichida 35 million depozit qo'yilishi kerak bo'ladi. Xaridor florentsiyalik bo'lishi kerak. Men sizga imkon beraman, bu ajoyib imkoniyat. Sizningcha, Florenciya fuqarolaridan biri bunga qodirmi? Agar javobingiz "yo'q" bo'lsa, unda nega meni tanqid qilyapsiz?", – dedi Kommisso.
Amerikalik biznesmen 2019 yilning yozidan beri "Fiorentina"ga egalik qilmoqda.
Fikrlar