So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  2 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  5 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

Final qanday o'tdi? Yangiliklar

Final qanday o'tdi?

"Bunyodkor" stadioni ayollar o'rtasidagi O'zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qildi.

Unda 18 noyabr kuni Oliy liga mavsumini yakunlab bergan 2 klub — "So'g'diyona-W" hamda "Bunyodkor-W" qizlari o'zaro kuch sinashishdi.

Poytaxt klubi ustozi Elmira G'ulomova quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi.

“BUNYODKOR-W”

23. Zarina Saidova, 5. Kamola Risqieva, 6. Ayjan Bo'ronbekova, 8. Luiza Sadirova (sardor), 9. Dildora Nozimova, 10. Saida Galimova, 15. Umida Zoirova, 17. Dilrabo Asadova, 18. Yulduz Nabieva, 22. Aziza Norboeva, 27. Ilvina Ablyakimova.

Zaxiradagilar: 1. Olga Qahhorov, 12. Ziyoda Irisboeva, 11. Gulchehra Eshmamatova, 14. Marina Kosnikova, 19. Nozima Ergasheva, 20. Baxtigul Toktobolotova, 21. So'g'diyona Allamurodova, 24. Zuhra Berdieva.

“SO'G'DIYONA-W”

22. Nozima Hasanova, 3. O'g'iloy Qo'chqorova, 5. Nafisa Nabiqulova, 6. Iroda Turdialieva, 8. Rosacharne Periale, 9. Mahliyo Sarikova, 10. Fuseyna Mumuni, 13. Yulduz SHodieva, 17. Tanzila Zarbieva, 23. Diyora Habibullaeva, 99. Alberta Ahialey.

Zaxiradagilar

1. Kumushoy G'ulomova, 16. Darya Telesheva, 4. Nasiba Hojieva, 11. Mahliyo Nazarqulova, 21. Xolida Dadaboeva, 25. Ezoza SHaripova, 77. Zarina Mamatkarimova.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 4-daqiqada "burilar" vakili Mumuni Fuseyna tomonidan urildi.

1-bo'lim oxirida "qaldirg'ochlar" vakilasi Dildora Nozimova to'p maydonni tark etganidan keyin Diyoraxon Habibullaevana nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun maydondan chetlatildi.

Garchi 1 kishi kam bo'lib qolgan bo'lsa-da, "Bunyodkor" qizlari Rustam Lutfulinning o'yinni yakunlab beruvchi hushtagi chalinguniga qadar raqibga munosib qarshilik ko'rsata olishdi.

Jizzaxliklar bosh murabbiyi SHerali Boboqulov Oliy liganing so'nggi turida qizil kartochga olgani tufayli bugun texnik zonada emas, muxlislar orasida o'tirishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini yordamchisi Gulshan SHodieva to'ldirdi.

Xullas, Jizzaxning "So'g'diyona-W" jamoasi o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogiga ega chiqdi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O'zPFL bosh direktori o'rinbosari Laziz Qo'chqorov musobaqa kubogini g'olib jamoaga topshirishdi.

"So'g'diyona" — ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi sohibi

FAKT: "So'g'diyona-W" — O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan 5-klubga aylandi. Bunga qadar musobaqa g'olibligi "Andijanka" (4 bor), "Sevinch" (10 marta), "Metallurg" (3 karra) hamda "Bunyodkor-W" (2 marta) jamoalariga nasib qilgan edi.

O'zbekiston kubogining joriy mavsumida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan SHerali Boboqulov shogirdlari raqib darvozasini jami 31 marta ishg'ol qilgani holda birorta ham gol o'tkazib yuborishmadi.

"So'g'diyona-W" bu yil "Oltin dubl" qayd etdi.

suratlar O'zPFL matbuot xizmatidan olindi

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика