So’nggi yangiliklar

00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  0 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  3 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 23:17ПСЖ — "Осер". Таркиблар маълум  0 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  79 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  82 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   27 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0

Final ishtirokchilari: Andrea Pirlo haqida! Yangiliklar

Final ishtirokchilari: Andrea Pirlo haqida!

Final o'yini oldidan Italiya futboli afsonalaridan biri, "Yuventus" futbolchisi Andrea Pirlo haqida eslab o'tishni lozim topdik.
Eslatib o'tamiz, "Maestro" bugun turinliklar safidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi.

Andrea Pirlo 1979 yilning 19 mayida Italiyaning Flero Lombardiya shahrida tavvalud topgan. “Yuventus” va Italiya terma jamoasining tayanch yarim ximoyachisi. Jahonning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri. Jarima zarbalarini aniq amalga oshirish, uzoqdan to'p uzatish, maydonni ko'ra bilish... Bularning barchasi Andreada bor. Pirlo Italiya “A” seriyasida 28ta gol bilan jarimadan gol kiritish bo'icha rekord o'rnatgan.



16 yoshida “Breshia” tarkibida “A” Seriyada debyut qiladi va bu jamoada o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatgan Pirloga Italiyaning eng kuchli jamoalaridan biri “Inter” taklif bilan chiqadi. Pirlo birinchi mavsumda jamoadagi asosiy vaqtini zaxirada o'tkazadi. Asosiy tarkibga kirish uchun u Roberto Badjo,Yuriy Jorkaeff va Alvaro Rekobalar bilan bo'lgan raqobatda yutqazadi va 1999-2000 yillarni “Redjina”da ijara asosida o'tkazadi. U erdagi yaxshi mavsumdan so'ng Pirlo yana “Inter”ga qaytadi. Yangi bosh murabbiy bilan chiqisha olmagan Pirloni klub rahbariyati 10 million dollar evaziga “Milan”ga sotishadi va u erda u o'zini ko'rsatadi va qisqa vaqt ichida jamoaning ajralmas qismiga aylanadi. 2001-02 yillarda jamoaga qo'shilgan Pirlo “Milan” tarkibida 284 o'yinda maydonga tushib 30dan ortiq golga mualliflik qildi va ikki bor Evropa CHempionlar Ligasi va Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.


2011 yilning 18 mayida Pirlo mavsum yakunlangach “Milan” tarkibini tark etishi xaqida elon qildi. Olti kundan sung esa u “Yuventus” bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

Andreadan yangi jamoada ko'p narsa kutishdi va u buni ortig'i bilan bajardi. Birinchi o'yinlardanoq u o'yin boshqaruvini o'z qoliga oldi va boshqa qo'yib yuborgani yo'q. “Yuventus”ning deyarli barcha xujumlari Pirlo orqali amalga oshardi. “Keksa Sinora”dagi birinchi mavsumida Andrea 35ta o'yinda 3ta gol kiritib 13ta golga assistentlik qiladi. Pirlo o'sha mavsumda 2643 to'p uzatishni amalga oshirib Italiyadagi eng yaqin taqibchisidan deyarli 500taga o'zib ketadi. Aniqlik esa 86.8%ni tashkil etdi, bu ko'rsatkich bo'yicha Evropada uni faqat Xavi ortda qoldirdi.


Terma jamoada
Italiya terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2002 yil 7 sentyabr kuni Ozarbajonga qarshi o'tkazadi. Evro-2004dan so'ng u maydon markazidagi ajralmas o'yinchiga aylanadi.

2000 yil yoshlar o'rtasida Evropa chempioni
2004 yil Afinadagi Olimpiada bronza medali sovrindori
2006 yil Jaxon chempioni.



2006 yilgi Jahon chempionatida Gana ustidan qozonilgan g'alabada u gol kiritadi va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ladi. Germaniyadagi uchrashuvlarda u xal qiluvchi gollarga assistentlik qiladi. Mezbonlarga qarshi bo'lgan yarim finalda u ajoyib pasi bilan Grossoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqaradi, italiyalik ximoyachi esa juda muhim gol muallifiga aylanadi. Finalda esa Pirlo burchakdan to'pni Materacciga oshiradi va yana gol. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa u o'z zarbasini aniq amalga oshiradi.
 
Evro-2008 Pirlo uchun omadsiz keldi. Gurux bosqichida u 3-urashuvida 2-sariq kartochkasini oladi va Ispaniyaga qarshi chorak finalni o'tkazib yuboradi. Bu uchrashuvda Italiyaliklar o'yindan keyingi penaltilar seriyasida 2-4 xisobida mag'lub bo'lishadi.
 
Evro-2012da u “Skuadra adzurra” tarkibida kumush medalni qo'lga kiritadi. Pirlo Italiyaning barcha 6 uchrashuvida maydonga tushadi va o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etadi. Ispaniyaga qarshi uchrashuvda u golli uzatmani amalga oshiradi, hisob esa 1-1 bo'lib yakunlanadi. 14 iyunda esa jarimadan xorvatlar darvozasiga ajoyib golni kiritadi. Hisob yana 1-1. Angliyaga qarshi o'yinda Pirloning penaltilar seriyasidaga goli menimcha xammaning yodida bulsa kerak. Bunga tarif berish shart emas. Finaldagi sharmandali mag'lubiyatga qaramay qaxramonimiz musoboqaning eng yaxshi o'yinchilaridan buldi.
2013 yil 16 iyunida Konfederaciyalar kubogidagi Meksikaga qarshi uchrashuvda Pirlo milliy terma jamoa tarkibidagi 100-uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuv “Skuadra adzurra”ning 2-1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Andrea esa 27-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi buldi.

SHaxsiy xayoti
Andrea o'zining yagona muxabbati Deborani 18 yoshida uchratgan. Pirloning “Inter”ga ketishi ularning munosabatlari keyingi bosqichga chiqishiga yo'l qo'ymaydi, Deboraning otasi qizini Milanga qo'yib yubormaydi. 2001 yil ular turmush qurishadi. Pirlo Nikollo ismli o'g'li va Anjela ismli qizining baxtli otasi.



Yutuqlari:
Breshiya
  B Seriya chempioni (1): 1996/97

Milan
Italiya chempioni: 2003/04, 2010/11
Italiya kubogi: 2002/03
Italiya Superkubogi : 2004
CHempionlar ligasi: 2002/03, 2006/07
UEFA Superkubogi: 2003, 2007
Klublar o'rtasida Jahon chempioni: 2007

Yuventus
Italiya chempioni: 2011/12, 2012/13, 2013/14, 2014/15
Italiya kubogi: 2014/15
Italiya Superkubogi: 2012, 2013

Terma jamoa:
Jahon chempioni: 2006
Evropa vice-chempioni: 2012
Olimpiada o'yinlari bronzi medali sohibi: 2004
Konfederaciyalar kubogi bronza medali soxibi : 2013
Yoshlar o'rtasida Evropa chempioni: 2000

SHaxsiy yutuqlar:
FIFA “Bronza to'pi” soxibi (2006)

IFFHSning pleymeykerlar reytingida 2 (2007-yil Kakadan so'ng) va 3-o'rin (2006 yil Zidan va Ronaldinodan so'ng)

Yoshlar o'rtasida Evropa chempionatida (2000) Eng yaxshi assistent

2006 yilgi Jaxon chempionati ramziy terma jamoasiga kiritilgan

Italiyada yil o'yinchisi 2012, 2013, 2014

Italiya “A” seriyasi ramziy terma jamoasiga kiritilgan 2012, 2013, 2014

UEFA mavsumning ramziy terma jamoasi 2012

Evro-2012 ramziy terma jamoasi

Konfederaciyalar kubogi ramziy terma jamoasi 2013

Premio Bulgarelli Number 8 soxibi

“Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” kavaler ordeni soxibi (2004)

“Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” oficerlik ordeni soxibi (2006)

Sportdagi xizmatlari uchun oltin zanjir (2006)


"superfanat. jr" tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика