FIFA yana bir terma jamoani diskvalifikaciya qilishi mumkin
19 iyu 09:19
Yangiliklar
FIFA yana bir terma jamoani diskvalifikaciya qilishi mumkin
Isroil G'azo sektoridagi harbiy harakatlari davomida Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) qoidalarini buzgani uchun futbol bilan bog'liq barcha faoliyatdan chetlatilishi mumkin.
Falastin futbol associaciyasi may oyidayoq Isroilning diskvalifikaciyasini so'rab, FIFAga talabnoma jo'natgan. O'z navbatida FIFA bunga zudlik bilan huquqiy baho berilishi lozimligini malum qilib, bu masala iyul oyida tashkilot kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida ko'rib chiqilishiga vada bergandi.
Qayd etilishicha, Osiyo futbol konfederaciyasi ham Falastinning Isroilni FIFA bayrog'i ostida o'tadigan barcha rasmiy turnirlardan chetlatish haqidagi talabnomasini qo'llab-quvvatlagan.
Eslatib o'tamiz, FIFA va UEFA so'nggi marta 2022 yilning 28 fevral kuni Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlari uchun o'z bayrog'i ostida o'tadigan barcha xalqaro turnirlardan chetlatganini elon qilgandi.
Fikrlar