FIFA rahbari "Paxtakor"ga tabrik yo'lladi
30 sen 2019 23:00
Yangiliklar


FIFA rahbari "Paxtakor"ga tabrik yo'lladi
«SHerlar» Coca Cola Superligasining 20-tur safardagi bahsda «Metallurg»ni mag'lub (2:1) etib, muddatidan oldin musobaqa g'olibligini ko'lga kiritishgandi.
«Men "Paxtakor"ning 2019 yilgi milliy chempionatda O'zbekiston chempioni bo'lganini eshitib juda quvondim. Fursatdan foydalanib "Paxtakor"ning 2015 yildan beri birinchi bor chempion bo'lgani bilan tabriklayman.
Hech shubhasiz, bu og'ir mehnat hamda katta mashaqqat mahsulidir, shuningdek jamoadagi barcha bunday yutuq qo'lga kiritilgani bilan faxrlansa arziydi. Mening tabrigimni futbolchilarga, murabbiylar shtabiga, klub mamuriyati hamda jamoa muxlislariga etkazib qo'yasiz degan umiddaman. O'ylaymanki, jamoa katta ishtiyoq bilan mehnat qilishda davom etadi.
Mamlakat va xalqaro futbol rivoji yo'lida "Paxtakor" futbol klubi hamda futbol associaciyasi keng ko'lamli ishlarni amalga oshiryapti, bu esa shunday chiroyli o'yinning yanada keng taraqqiy topishiga sabab bo'lmoqda», deydi Janni Infantino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar