FIFA prezidenti jahon chempionligi uchun 50 ta davogar mamlakatni ko'rishni orzu qilmoqda
01 iyu 2021 08:14
Yangiliklar
FIFA prezidenti jahon chempionligi uchun 50 ta davogar mamlakatni ko'rishni orzu qilmoqda
FIFA prezidenti klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish rejasi va o'z orzusi haqida gapirdi.
- 24 ta jamoa qatnashadigan, lekin ortga surilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati haqidagi fikrlaringiz qanday?
- Bu loyiha haqida gapirayotganimizda, global xalqaro taqvimni yoddan chiqarmasligimiz lozim.
Biz sog'lom raqobat bo'ladigan futbol ko'rishni istaymiz. Bunga erishish uchun butun boshli taqvimni ko'rishimiz lozim, faqat kublar o'rtasidagi JCHnikini emas.
Xalqaro taqvim 2024 yilgacha tuzib bo'lingan. Bundan so'ng esa hozircha bo'sh. Barchasini boshidan amalga oshiramiz.
Mening orzuim, bizning g'oyamiz, falsafamiz - klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lish uchun barcha qitalardan 50 davogar, jahon chempionatida ham chempionlik uchun kurashadigan 50 ta terma jamoani ko'rishdir", - dedi Infantino.
Fikrlar