FIFA: "O'zbekiston g'alaba qozonsa yana guruh etakchisiga aylanib olishi mumkin"
11 okt 2016 13:39
Yangiliklar
FIFA: "O'zbekiston g'alaba qozonsa yana guruh etakchisiga aylanib olishi mumkin"
"Birinchi uch uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ochko to'plagan Xitoy O'zbekistonni mehmonda mag'lub etishi shart, aks holda ular birinchi o'rin uchun kurashdan chiqishadi. Suriyadan uchralgan kutilmagan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng, ular o'ziga kelib olishga va ushbu bosqichdagi birinchi g'alabani nishonlashga harakat qilishadi. Ammo mezbonlar ham bu o'yinga jiddiy qarashmoqda: O'tgan haftada eronliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, ular turnir jadvalida ikki pog'ona pastlashdi, lekin O'zbekiston g'alaba qozonsa yana guruh etakchisiga aylanib olishi mumkin, chunki birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turganlar bu turda bir-biriga qarshi o'ynaydi. O'zbekiston va Xitoy tarkibida yo'qotishlar bor: Gao Xunbo qo'l ostidagi jamoada himoyachi CHjan Linpen, o'zbek jamoasida esa Xitoyda to'p tepadigan Anzur Ismoilov va ajoyib joker Aleksandr Geynrix bu bahsda maydonga tusha olmaydi" - deyiladi FIFA rasmiy saytida.
Fikrlar