So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  1 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

FIFA “Mashal”dan transfer taqiqini olib tashladi Yangiliklar

FIFA “Mashal”dan transfer taqiqini olib tashladi

Teglar :  Mashal FIFA
Vaziyat muborakliklar uchun ijobiy hal etildi.

2022 yilning 11 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Mashal” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeanyi Ifeanyi o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unga ko'ra, “Mashal” futbol klubi zimmasiga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlik va jarima to'lovlarini 45 kun mobaynida to'lash majburiyati yuklatilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o'z vaqtida bajarilishi taminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo'lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hal etmagan va shu munosabat bilan, FIFA 2022-yil 9-avgustdan etiboran “Mashal” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqini belgilagandi.

“Mashal” kuni kecha nigeriyalik sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorlik masalasini hal etdi va FIFAga transfer taqiqini olib tashlash bo'yicha murojaat yuborildi. 13 fevral kuni futbolchi tomoni to'lov amalga oshirilganini tasdiqladi va FIFA “Mashal” futbol klubidan transfer taqiqini olib tashladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика