FIFA bosh kotibi O'zbekistonga keldi
15 noy 2022 14:07
Yangiliklar
O'zbekistonda futbolni ommalashtirish yo'lida olib borilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida FIFA bosh kotibi Fatma Samura boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bugun Toshkent xalqaro aeroportida O'FA rahbariyati tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida FIFA bosh kotibi mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazib, bir qator loyihalar bo'yicha muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha "Eshitdik-da" rukni ostida Fatma Samura O'zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik, bugun esa xabar o'z tasdig'ini topdi.
Fikrlar