So’nggi yangiliklar

02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  1 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  1 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  1 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  1 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  5 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o'tgan og'ir o'yindagi charchoq sezilib turdi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o'tgan og'ir o'yindagi charchoq sezilib turdi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Qiyin o'tgan o'yinda mag'lub bo'ldik. "Navbahor" ochko uchun jiddiy kurashishini bilgandik. Tayyorgarlik jarayonini shunga qarab amalga oshirdik. Biroq, o'yinning borishi biz kutganchalik bo'lmadi. Birinchi bo'limda gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng tanaffusdan so'ng o'yinni kuchaytirish rejamiz bor edi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarga qo'l urdik, vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. "Paxtakor" bilan o'tgan og'ir o'yindagi charchoq bugun ham sezilib turdi.


- Jamoa qisqa fursat ichida O'zbekiston kubogi yarim finalida "Andijon" bilan o'ynaydi. Ayni damda futbolchilarning tiklanib olishlari uchun vaqt etarlimi?


- Albatta, hozir bizda yarim final o'yiniga qadar juda oz vaqt qoldi. Biroq, biz bu uchrashuvning ahamiyati qanday ekanini tushunib turibmiz. Jismonan va ruhan charchoqlar bor, biroq biz bularni engib o'ta olishimiz kerak.


- Dilshod Yo'ldoshev va Davron Merganovlarning holatlari haqida aytib o'tsangiz...


- Dilshod Yo'ldoshev sentyabr oyida safimizga qaytadi. Davron Merganov bilan hammasi yaxshi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика