Fernandino mavsum so'ngida "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirish borasida qaror qabul qiladi
22 mar 2022 16:17
Yangiliklar
Fernandino mavsum so'ngida "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirish borasida qaror qabul qiladi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida qaror qabul qilmadi.
Yarim himoyachi shartnomani ehtimoliy uzaytirish borasida mavsum so'ngida qaror qabul qiladi. Pep Gvardiola futbolchining yana bir mavsumga qolishini xohlaydi, ammo qarorni o'yinchining o'zi qabul qiladi. "Siti" yozda yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun bozorni o'rganadi.
Fernandinoning amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya klubi tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar