Fernandesh MYUning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi
02 apr 2022 00:49
Yangiliklar


Fernandesh MYUning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchining yillik maoshi 15-16 million evroni tashkil qilmoqda. Portugaliyalik xavbek bugun klub bilan shartnomasini 2026 yil yoziga qadar uzaytirdi.
U 2020 yilning yanvaridan buyon jamoa tarkibida harakat qilmoqda. SHu davr mobaynid 27 yoshli futbolchi mankunianliklar tarkibida 117 o'yinda qatnashib, 49 gol va 39 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar