Ferdinand Nani hamda Ronalduning Bruno Fernandesh haqidagi fikrlarini aytdi
02 fev 2020 20:12
Yangiliklar


Ferdinand Nani hamda Ronalduning Bruno Fernandesh haqidagi fikrlarini aytdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand xavbek Bruno Fernandeshning mankunianliklar tarkibiga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Sobiq jamoadoshim Nanining fikrlariga ko'ra, Bruno fantastik futbolchi va u Angliya futboliga to'la mos keladi. Uning aytishiga qaraganda, Fernandeshda katta mahorat bor.
Krishtianu ham u haqida ajoyib fikrda. Bruno terma uchun borini berayotganini va to'p bilan muomalasi ajoyib darajada ekanligini aytdi. SHuningdek, u ishonchli futbolchiligini tushuntirdi.
SHunday futbolchilardan Bruno haqida maqtovlar eshitish yoqimli. Ishonamanki, Bruno MYU tarkibida o'ziga bildirilgan ishonchlarni tezda oqlaydi", - dedi Ferdinand.
25 yoshli xavbek 55 mln evro evaziga "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi va mankunianliklar bilan 5 yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar