Ferdinand Jorjinoni qattiq tanqid qildi
20 jan 2019 14:43
Yangiliklar


Ferdinand Jorjinoni qattiq tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "Arsenal" - "CHelsi" uchrashuvidan keyin Jorjinoni tanqid qildi.
"Jorjino o'yinning tempini belgilashi kerak. Agarda u to'pni markazda ushlab tursa, demak, barchasi yaxshi. Biroq, u mavsum davomida nechta golga assistentlik qildi? U 2000dan oshiq pas berdi. Biroq, hali biror marta ham gollarga assistentlik qilmadi. U himoyada unchalik yaxshi emas, top-jamoalarning tezkor futbolchilari uni bemalol ortda qoldira oladi. U harakat qilmayapti, hujumda ham, himoyada ham", - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar