“Fenerbahche” “Roma”ning ikki futbolchisiga ko'z tikdi
01 iyu 2020 08:31
Yangiliklar
“Fenerbahche” klubi yozgi transferlar vaqtida himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida. Buning uchun turk klubi “Roma”dan ikki futbolchi — Juan Jezus hamda Mert CHetinni olib kelishni rejalashtirmoqda. Turklar Jezus uchun 2,5 mln evro to'lashga tayyor. CHetinga esa ayni damda “Galatasaroy” ham davogar bo'lib turibdi.
Joriy mavsum Jezus A Ceriyada 3 ta, CHetin esa 5 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar