Felish: "Men Xoland va Mbappe singari o'ynay olaman"
13 okt 2021 22:08
Yangiliklar
Felish: "Men Xoland va Mbappe singari o'ynay olaman"
"Atletiko" hujumchisi Joau Felishning so'zlariga ko'ra, u juda shijoatli.
Portugaliyalik futbolchining aytishicha, u kelasi mavsumlarda Evropaning eng umidli futbolchilari darajasiga chiqishga qodir.
"Men Erling Xoland va Kilian Mbappe darajasida o'ynay olaman", - deydi 21 yoshli futbolchisi.
Joau Felish 2019 yilning yozida Portugaliyaning "Benfika" klubidan "Atletiko"ga o'tgan. Ikki mavsumdan ko'proq vaqt davomida Felish turli musobaqalarda "matraschilar" safida 81 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Fikrlar