So’nggi yangiliklar

16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  3 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  1 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  26 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9

Federaciyalar faoliyati atroflicha muhokama qilinmoqda Yangiliklar

Federaciyalar faoliyati atroflicha muhokama qilinmoqda

Har bir sohada bo'lgani kabi sportda ham amalga oshirilgan ishlab sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinadi. Xulosalar esa galdagi vazifalarni to'g'ri va aniq belgilab olinishida asosiy omil vazifasini o'tab beradi.
SHu kunlarda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Olimpiada oilasiga kirgan sport turlari bo'yicha mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan federaciyalar tomonidan 2013 yilning o'tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar federaciyalar rahbariyati, murabbiy va mutaxassislar ishtirokida sarhisob qilinmoqda. Bugungi kunga qadar og'ir atletika, erkin, yunon-rum va ayollar kurashi, boks, suzish, taekvondo (WTF), dzyudo, velosport hamda o'q otish sport turlari bo'yicha mamlakat federaciyalar faoliyati ko'rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, ayrim sport turlarida 2011-2012 yillarga nisbatan o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoa azolari tomonidan xalqaro maydonlarda qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar salmog'i sezilarli ravishda yuksalgan. Murabbiy va hakamlar mahoratini oshirish borasida ham keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilgan. Dunyo va qita miqyosida o'tkazilgan musobaqalarga terma jamoalarmizni munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Biroq, sportning ommaviyligini oshirish va bu orqali raqobat muhitini yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan sayi xarakatlar qoniqarli darajada emas. Viloyatlarda aksariyat sport turlari bo'yicha xududiy federaciyalar tashkil etilmagan, selekciya masalalari bo'yicha tuman va viloyat musobaqalari nazoratga olinmayapti, joylarda 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi bo'yicha tasdiqlangan viloyatlarning hududiy Dasturlari bajarilishi nazoratga olinmagan, ayrim sport turlarida shu kunga qadar O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga katta murabbiylar tayinlanmaganligi tanqidiy ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda, shuningdek, federaciyalarga biriktirilgan homiylar tomonidan o'tkaziladigan mablag'larni maqsadli sarflanishi, moliyaviy mablag'larni ishlatilishida amaldagi qonunchilikka qatiy amal qilish haqida to'xtalinib, kelgusida ham ushbu masalalar O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan qattiq nazorat ostiga olinishi takidlandi.  

“Hisobot yig'ilishlarida eng avvalo O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpida va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi to'g'risida” 2013 yil 25 fevraldagi PQ-1923-sonli qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha o'rganilib, yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklar va ularning bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda – deydi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasini vice-prezidenti Farhod Turdiev. Malumki, Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida Olimpiada o'yinlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud bo'lgan Ustuvor va eng yirik sport anjumaniga yo'llanmalarga ega bo'lish imkoniyati yuqori bo'lgan Istiqbolli sport turlarini saralab olish vazifasi belgilangan. SHundan kelib chiqib, biz birinchi galda Ustuvor va Istiqbolli deb olingan sport turlari bo'yicha o'tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlarini sarhisob qilmoqdamiz. Ochig'ini aytish kerak, shu kunga qadar sakkizta federaciyada amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilgan bo'lsak, shundan teng yarmining faoliyati qoniqarsiz deb baholandi. To'g'ri, yil davomida yuqorida nomlari zikr etilgan sport turlari bo'yicha xalqaro maydonlarda ko'plab yutuqlar qo'lga kiritildi. Biroq, ushbu sport turlarining joylarda yanada ommaviylashtirish ishlariga etarli darajada etibor qaratilmagan. Bu sport turlarida biz bundanda katta yutuqlarga ega bo'lish imkoniyatimiz yuqori va bu uchun maqsadni yuqori olishimiz, yani joylarda xududiy federaciyalarni tashkil etish, selekciya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, murabbiy, hakamlar mahoratini oshirishimiz lozim. Ayniqsa, suzish federaciyasida olib borilgan ishlar talab darajasida emas. SHu bois, ushbu federaciya rahbariyati bilan bo'lib o'tgan yig'ilishda, federaciyaning navbatdan tashqari konferenciyasini o'tkazish va rahbariyat tarkibini qayta ko'rib chiqish taklifi berildi. SHu o'rinda, og'ir atletika, velosport, taekvondo (WTF), o'q otish kabi sport turlarida federaciya rahbariyati tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar jiddiy nazorat ostiga olinganligi va buning samarasida mavjud kamchiliklarga barham berilayotganligini mamnuniyat bilan takidlash kerak. Biz hech qachon bugungi kun muvaffaqiyati bilan cheklanib qolmay, yuksak marralar sari dadil odimlamog'imiz zarur”.

Ha, Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish orqali kelajagimiz egalarini har tomonlama komil inson qilib voyaga etkazish borasida olib borilayotgan sayi-xarakatlar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni yanada taraqqiy ettirish borasida qaratilayotgan etibor va g'amxo'rliklar, yaratilayotgan sharoitlar o'z oldimizga yuksak marralarni qo'yishga undaydi. SHunday ekan, olijanob maqsadlar yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarga barchamiz masul ekanligimizni dildan his qilib, o'z vazifamizga vijdonan yondoshmog'imiz zarur.  

2014 yilgi sport mavsumi ham yirik sport musobaqalariga boy bo'ladi. Bugun yo'l qo'yilgan kamchiliklar va mavjud muammolarni tezda bartaraf etib, istiqbolli rejalarni xayotga tatbiq etishda barchamiz hamfikr, bir tanu, bir jon bo'lib xarakat qilishimiz talab qilinadi. Niyatimiz, O'zbek sportining zafarli odimlari sarhad bilmasin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика