So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Fayzulla Qambarov: “Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi” Yangiliklar

Fayzulla Qambarov: “Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi”

Oliy liga yigirma oltinchi turidan joy olgan olgan “Qizilqum” - “Bunyodkor” jamoalari (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Fayzulla Qambarov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Anchadan beri “Bunyodkor” jamoasi bilan bunday mazmunli o'yin namoyish etmagandik, - dedi Fayzulla Qambarov. - To'g'ri, birinchi bo'limda biroz qiyin bo'ldi. Ammo tanaffusdan so'ng ko'rsatgan o'yinimizdan o'zimizning ham, muxlislarimizning ham ko'ngli to'ldi menimcha. Qayd qilingan natija ozgina dilimizni xira qilgani ham bor gap. Axir gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Hujumchilarga qo'limdan kelganicha yordam berishga urindim. Hatto standart vaziyatlardan birida darvozani nishonga oldim. Biroq raqib posboni mahorat ko'rsatdi.

Muhimi, bu yilgi mavsumni bir muncha yaxshi o'tkazyapmiz, deb bemalol aytsa bo'ladi. “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Paxtakor” kabi etakchilarga qarshi g'alaba uchun o'ynash mumkinligini amalda ko'rsata oldik. Amaldagi mavsum jamoamiz uchun katta tajriba va sinov bo'layotganini aytishni istardim.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика