Farruh Turdaliev “Cementchi”ga qaytdi
28 jan 2016 18:51
Yangiliklar


Farruh Turdaliev “Cementchi”ga qaytdi
“Cementchi” matbuot xizmatining malum qilishicha, Farruh Turdaliev yana jamoasiga qaytib kelgan. Aytish kerakki, undan tashqari yana mashg'ulotlarda Ilhom Jumanov bilan Eldor Isaboev kabi posbonlar ham ishtirok etmoqda.
Yana shuni ham alohida takidlash lozimki, ertaga Farg'onada start oladigan “Hokim kubogi-2016” turnirining birinchi turida “Cementchi” oliy liga vakili “Qizilqum”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv rejaga ko'ra, FarDU sport majmuasi stadionida o'tishi lozim edi. Ammo ob-havoning noqulay kelganligi sababli o'yin “Istiqlol” stadionidagi suniy qoplamali maydonda o'tkaziladigan bo'ldi. Demak, ertaga muxlislarni qiziqarl kechishi kutilayotgan mazkur o'yinga taklif etamiz. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar