So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Farruh Sayfiev: "Murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajardik" Yangiliklar

Farruh Sayfiev: "Murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajardik"

O'zbekiston terma jamoasi kecha "CAFA Nations Cup-2023" musobaqasining birinchi turida O'monni mag'lubiyatga uchratdi (3:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamizning tajribali futbolchilaridan biri Farruh Sayfiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"O'yin yaxshi o'tdi. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Bu uch ochkoning qadri nihoyatda yuqori edi. O'mon bilan Osiyo kubogida o'ynaganmiz, yaxshi jamoa. Biz uchun har bir o'yin muhim hisoblanadi. SHu orqali Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Farruh Sayfiev. 

- O'mon terma jamoasi birinchi bo'limda O'zbekistonga o'z o'yinini ko'rsatishiga yo'l qo'yib berdi, deya olamizmi?

- Murabbiyning ko'rsatmalarini bajardik. Bu bizga qo'l keldi, deb o'ylayman. 

- Navbatdagi o'yinlardagi raqiblarimiz haqida fikringiz qanday?

- Kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Eronning asosiy tarkib bilan kelganiga munosabatingiz? Katta ehtimol bilan finalda forslar bilan to'qnash kelishimiz mumkin...

- Bu albatta ijobiy. Bunday jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz shart, deb o'ylayman. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика