Farruh Ikromov: "Jarohat bezovta qilmayapti. Faqat..."
20 iyu 2022 08:35
Yangiliklar
Farruh Ikromov: "Jarohat bezovta qilmayapti. Faqat..."
Jarohatdan so'ng uzoq vaqt yashil maydondan chetda yurgan yarim himoyachi Farruh Ikromov ayni paytda mashg'ulotlarga qaytdi. Umumiy guruh bilan birga shug'ullanayotgan futbolchi klub o'z fikrlarini bildirdi.
"Mashg'ulotlarni boshladim. Sport formamga qaytib, ikkinchi davrada jamoaga yordam berishga harakat qilaman",- deydi Farruh Ikromov.
- SHifokorlar jarohatingiz haqida nimalar demoqda?
- Hozirgi kunda muammo yo'q. Jarohat bezovta qilmayapti. Faqatgina kuch yig'sam bo'lgani. O'ylaymanki, hammasi yaxshi kechadi.
- "Bunyodkor"ning Minskdagi yig'inidan taassurotlar qanday?
- Mashg'ulotlar yaxshi ketyapti. Toshkentga nisbatan bu erda havo sovuq. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Barchasi joyida. Ushbu yig'inni tashkil qilinganini samarasi katta, deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib yig'inni tashkil qilib bergan O'zbekneftgaz va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib qolaman.
Fikrlar