So’nggi yangiliklar

18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  0 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  7

Farq qisqarmoqda: A Seriya 18-tur yakunlari Yangiliklar

Farq qisqarmoqda: A Seriya 18-tur yakunlari

Teglar :  A Seriya
Italiya A Seriyasi 18-tur yakunlari bilan tanishing.

"Inter" Genuyada qoqilmoqda



O'yinning boshi "Inter" uchun yaxshi kechdi, Riera Tyuramning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng burchakka yo'nalgan to'pni ilib oldi. Tez orada Tyuram uzoqdan biroz noaniq zarba yo'lladi. "Jenoa" ham jim qarab turgani yo'q, Karrikol Ekubanning uzatmasiga biroz ulgurmadi va yaqin masofadan to'pni darvoza to'ri tomon yo'llay olmadi. Ammo, vaziyatlar ko'proq uzoq masofadan zarbalar bergan "Inter"da bo'ldi, CHalxanoglu va Barellaning zarbalari ancha xavfli chiqdi. "Qora-ko'klar" taym so'nggida gol urishning uddasidan chiqishdi, Barellaning zarbasi darvoza ustuniga tegdi, Arnautovich esa yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'llab qo'ya qoldi. Ammo, bu gol taymda yagona bo'lmadi, qo'shib berilgan 7-daqiqada Dragushan burchak uzatmasidan so'ng barchadan yuqori sakradi va to'pni darvozaga aniq yo'lladi.

Taym boshida "Inter"da ajoyib vaziyat bo'ldi, Arnautovich Barellaning ko'krak bilan to'pni qoldirganidan so'ng ustun yoniga to'pni yo'naltirdi. Biroz o'tib Acherbi CHalxanogluning jarimadan uzatmasidan so'ng boshi bilan zarba berdi va Riera yaxshi harakat qildi. Ammo, "Jenoa" ham qarab o'tirmadi, Gudmundsonning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi juda xavfli chiqishi mumkin edi, ammo Zommer bu vaziyatda xato qilmadi. "Inter"ning bosimi asta-sekin pasaydi, jamoa uzoqdan zarbalarga tayandi va ular hech qanday foyda keltirmadi, "qora-ko'klar" so'nggi shturmni tashkil eta olishmadi. To'liq adolatli durang, bundan esa "Jenoa" xursand bo'lishi kerak.

→ VIDEO  Seriya A. "Jenoa" – "Inter" 1:1 


Genoa

Radu Dragusin - 45'

Serie A . 18-tur

29/12/2023, 23:45

1
:
1
Tugadi

Inter

Marko Arnautovic - 42'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 33249 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
45'  Radu Dragusin
45'  Albert Gudmundsson
46'  Koni De Winter (Johan Vasquez)
56'  Alberto Gilardino
61'  Caleb Ekuban (Mateo Retegui)
61'  Kevin Strootman (Ruslan Malinovsky)
67'  Albert Gudmundsson
69'  Radu Dragusin
78'  Aaron Caricol (Junior Messias)
42'  Marko Arnautovic
71'  Marko Arnautovic (Alexis Sanchez)
77'  Nicolo Barella
78'  Nicolo Barella (Davide Frattesi)
78'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
85'  Henrikh Mkhitaryan
90'  Henrikh Mkhitaryan (Davy Klaassen)
90'  Yann Aurel Bisseck (Benjamin Pavard)


"Kalyari" va "Empoli" o'yinida g'olib aniqlanmadi



Mehmonlar o'yinni faol boshlashdi, 12-daqiqadayoq Maldini Kaputo to'pni qoldirganidan so'ng yaxshi poziciyadan darvozaga aniq yo'l topa olmadi. Biroz o'tib Kaputoning o'zi jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. Uzoq vaqt faollik ko'rsatmagan "Kalyari" esa taym so'nggida jonlandi. Burchakdan uzatmadan so'ng Goldaniga xavfli zarba berdi, taym so'nggida esa Prat uzoqdan kuchli zarba bilan o'z omadini sinab ko'rdi.

Goldaniga 2-taym boshida ham xavfli vaziyat yuzaga keltirdi, bu safar jarima zarbasidan berilgan uzatmadan so'ng, ammo Kaprile burchakka yo'nalgan to'pni olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. "Kalyari" bosim o'tkazishda davom etdi, jamoa ayniqsa standartlarda xavfli edi. Violi 40 metrlardan to'pni to'qqizlikka ajoyib kiritdi, ammo gol Pavolettining Kaprilega to'p uchun o'ynash paytida unga halaqit bergani uchun bekor qilindi. "Empoli" ham qarab o'tirgani yo'q, Skuffet Malening zarbasaidan so'ng to'pni yaqin burchakdan olib chiqdi. Taym so'nggida muhim vaziyat Violiga nisbatan jarima maydonchasi ichida ishlatilgan fol bo'ldi, jabrlangan o'yinchining o'zi penalti tepishga qaror qildi, ammo Kaprileni alday olmadi. Taymning so'nggi daqiqasida Violining pasidan so'ng Petanya xavfli zarba berdi, ammo forvard darvoza tomon yo'l topa olmadi. Yakunda, ikki jamoani ham qoniqtirmagan durang qayd etildi.

Cagliari

Serie A . 18-tur

30/12/2023, 18:00

0
:
0
Tugadi

Empoli

Stadion: Unipol Domus, 16125 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
29'  Gianluca Lapadula
44'  Gabriele Zappa
46'  Gianluca Lapadula (Zito Luvumbo)
66'  Nicolas Viola
82'  Nicolas Viola
89'  Nicolas Viola (Marco Mancosu)
89'  Ibrahim Sulemana (Gaetano Oristanio)
89'  Leonardo Pavoletti (Andrea Petagna)
90'  Paulo Azzi (Jakub Jankto)
29'  Youssef Maleh
46'  Youssef Maleh (Simone Bastoni)
60'  Simone Bastoni (Filippo Ranocchia)
60'  Daniel Maldini (Emmanuel Quartsin Gyasi)
64'  Liberato Cacace
73'  Francesco Caputo (Matteo Cancellieri)
80'  Sebastian Walukiewicz
84'  Viktor Kovalenko (Ardian Ismajli)


"Yuventus" "Roma" ustidan g'alabaga erishmoqda



3-daqiqada "Roma"da ajoyib imkoniyat bo'lgandi, ammo SHensni Kristanteni havodan bergan zarbasini qaytardi. Bunga jarima maydonchasi ichida himoyachini aldagan Vlaxovich xavfli zarbasi bilan javob berdi. Biroz o'tib yakka driblingdan so'ng Yilmaz kuchli zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. "Roma" esa bunga Dibalaning ayyorona zarbasi bilan javob berdi, futbolchining oyoq uchida bergan zarbasi uzoq burchakka yo'naldi. Ammo, taym so'nggida mezbonlar ustunlik qilishdi. Kostichning zarbasi to'rga kirib ketayotgandi, ammo Ndika aqlbovarqilmas harakatlari bilan uni chiziq ustidan olib chiqdi.

"Keksa sinora" taym boshida gol urishning uddasidan chiqdi, Vlaxovich ayyorona beshlik pasi bilan Raboni topdi, u esa to'ni darvozabonning yonidan yo'naltirdi. "Roma" faollashdi, ammo vaziyatlar yaratish bilan qiyinchilik bo'ldi, "keksa sinora" mudofaasi ajoyib ishladi. Dibalada yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo SHensni uning uzoqdan bergan zarbani bartaraf etdi. "Yuventus"da ham imkoniyatlar bo'ldi, Makkeni Kezaning uzatmasidan so'ng qulay vaziyatdan to'g'ri darvozabon tomonga zarba berdi. "Jalorossi"ning yakuniy shturmni uyushtirishi amalga oshmadi, shunday qilib "Yuventus" muhim g'alabaga erishdi va etakchilikka yaqinlashdi.

→ VIDEO  Seriya A. "Yuventus" – "Roma" 1:0

Juventus

Adrien Rabiot - 47'

Serie A . 18-tur

30/12/2023, 23:45

0
:
1
Tugadi

Roma

Stadion: Allianz Stadium, 41503 tomoshabin

Bosh hakam: Simone Sozza

45'
90'
47'  Adrien Rabiot
47'  Dusan Vlahovic
66'  Kenan Yildiz (Federico Chiesa)
76'  Filip Kostic (Samuel Iling-Junior)
76'  Dusan Vlahovic (Arkadiusz Milik)
77'  Manuel Locatelli
90'  Weston McKennie (Daniele Rugani)
64'  Edoardo Bove (Lorenzo Pellegrini)
68'  Leandro Paredes
74'  Leandro Paredes (Stephan El Shaarawy)
80'  Nicola Zalewski (Sardar Azmoun)


"Lacio" "Frozinone"ni mag'lub etdi



"Burgutlar" o'yinga kirib olishlari uzoq vaqtni oldi va 30-daqiqaga kelibgina darvoza tomon ilk aniq zarba berildi, Cakani jarima zarbasidan Turatini tekshirib ko'rdi. "Frozinone" qaysidir muddatlarda hatto yaxshiroq ko'rindi, Romanoli burchak to'pidan so'ng xavfli zarba berdi. "Lacio" taym so'nggida baribir qo'shdi, ammo o'sha Cakanining uzoqdan va noaniq zarbalaridan boshqa esda qolarli hech narsa sodir bo'lmadi.

Genduzi birinchi taymdan so'ng o'z jarima maydonchasi ichida qo'l bilan o'ynadi, to'pga esa Soule yaqinlashdi va hisobni ochdi. Bu "burgutlar"ni jonlantirdi va ular yanada ko'proq mehmonlarga bosimni oshirishdi. Bularning yakuni Isaksenning uzatmasidan so'ng Kastelyanosning barchadan baland sakrashiga va to'pni darvoza to'rigi kiritishiga olib keldi. 2 daqiqa o'tar to'mas ular rollarni almashib olishdi, Kastelyanos to'pni o'ziga qulay bo'ysundirib Isaksenga yaxshi uzatma berdi, u esa to'pni uzoq burchakka aniq yo'lladi. "Frozinone" ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qildi, ammo hujumda "burgutlar"dan tezroq harakat qilishning uddasidan chiqilmadi, barchasi Gabbaronning burchak uzatmasidan keyingi tartibsizlik oqibatida unga kelgan to'pni darvozaga kiritganida yakunlandi. O'yin so'nggida Pedro Isaksenga ajoyib past berdi, u esa to'pni o'ziga to'g'ri bo'ysundira olmadi va dubl qilish imkoniyatini yo'qotdi. Har qanday holatda ham "Lacio" muhim g'alabaga erishdi va jadvaldagi ishlarini to'g'irlab oldi, ammo "Frozinone"ning ham xafa bo'lishiga hojat yo'q, klub malum bir qismlarda ajoyib o'ynadi.

→ VIDEO  Seriya A. "Lacio" – "Frosinone" 3:1

Lazio

Valentin Castellanos - 70', Gustav Isaksen - 72', Patric - 84'

Serie A . 18-tur

29/12/2023, 23:45

1
:
3
Tugadi

Frosinone

Matias Soule - 58'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 40000 tomoshabin

Bosh hakam: Ermanno Feliciani

45'
90'
46'  Felipe Anderson (Gustav Isaksen)
54'  Luca Pellegrini (Elseid Hysaj)
56'  Patric
57'  Maurizio Sarri
66'  Daichi Kamada (Matias Vecino)
70'  Valentin Castellanos
70'  Gustav Isaksen
72'  Gustav Isaksen
72'  Valentin Castellanos
78'  Gustav Isaksen
84'  Patric
86'  Mattia Zaccagni (Pedro Rodriguez)
86'  Nicolo Rovella (Danilo Cataldi)
90'  Danilo Cataldi
58'  Matias Soule
74'  Memeh Caleb Okoli
75'  Kaio Jorge (Walid Cheddira)
75'  Abdou Harroui (Giuseppe Caso)
78'  Enzo Barrenechea
79'  Luca Garritano (Giorgi Kvernadze)
89'  Marco Brescianini (Mehdi Bourabia)
89'  Matias Soule (Marvin Cuni)


"Milan" "Sassuolo"dan kuchliroq



"Rossoneri" o'yinni ancha faol boshladi, Konsili 4-daqiqada Reydersning uzoqdan bergan zarbasini qiyinchiliksiz bartaraf etdi. Tez orada yana u to'pni darvoza ustuni yoniga yo'naltirdi, biroz o'tib esa Konsili Benasserning uzoqdan bergan zarbasidan so'ng jamoasini goldan qutqardi. "Milan" hujum qilishda davom etdi, "Sassuolo" esa taym so'nggiga kelibgina jonlandi, Berardi uzoqdan xavfli zarba yo'lladi. "Noroverde" bundan ortig'ini qilolmadi.

Ammo, mehmonlar tanaffusdan so'ng bir nechta o'tkir vaziyatlar hosil qilishdi, ayniqsa Tolyannnig o'rta masofadan bergan zarbasi xavfli bo'ldi. "Milan" o'z vaqtida gol urdi, Benasser ajoyib pasi bilan jarima maydonchasi ichida Pulishichni topdi va amerikalik bir teginish bilan to'pni darvozabonning yonidan o'tkazdi. "Sassuolo" shundan so'ng faolroq o'ynashni va ko'proq vaziyatlar yaratishni boshladi, ayniqsa Lorentning Berardi bilan devor o'yinidan keyin bergan zarbasi ajoyib chiqdi. "Milan" ham qarab turgani yo'q, burchak zarbasidan so'ng 2-temp bilan uzoqdan Florenci zarba berdi va uzoq to'qqizlikka birozgina aniqlik etishmadi. "Neroverdi" yakuniy shturmni uyushtira olmadi, aksincha "Milan" 2-golga yaqinroq keldi, ammo CHukveze yaxshi poziciyadan darvozaga yo'l topa olmadi. Natijada, "Milan" muammoli tarkib bilan ham muhim g'alabaga erishdi va tatilga ajoyib kayfiyatda ketadigan bo'ldi.

→ VIDEO  Seriya A. "Milan" – "Sassuolo" 1:0

AC Milan

Christian Pulisic - 59'

Serie A . 18-tur

30/12/2023, 21:00

0
:
1
Tugadi

Sassuolo

Stadion: San Siro, 70385 tomoshabin

Bosh hakam: Livio Marinelli

45'
90'
59'  Christian Pulisic
59'  Ismael Bennacer
63'  Ismael Bennacer (Yacine Adli)
63'  Olivier Giroud (Luka Jovic)
74'  Ruben Loftus-Cheek (Kevin Zeroli)
81'  Rafael Leao (Samuel Chukwueze)
82'  Simon Kjaer (Jan-Carlo Simic)
46'  Martin Erlic (Ruan Tressoldi)
65'  Nedim Bajrami (Cristian Volpato)
70'  Domenico Berardi (Samuel Castillejo)
88'  Samuel Castillejo
89'  Armand Lauriente (Samuele Mulattieri)
89'  Kristian Thorstvedt (Emil Konradsen Ceide)


SHuningdek:

"Napoli" "Monca" bilan durangga imzo chekdi

"Atalanta" "Lechche"ni mag'lub etdi

"Fiorentina" "Torino"dan ustun keldi.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика