Farq 6 ochko, lekin "Loko" hali chempion emas
03 noy 2016 18:01
Yangiliklar
Farq 6 ochko, lekin "Loko" hali chempion emas
CHempionlik uchun kurashayotgan ikki klub bugun o'z o'yinlarini o'tkazishdi. Navoiyda "Lokomotiv" "Qizilqum"ni Marat Bikmaevning penaltidan urgan goli evaziga mag'lub etib qaytdi - 1:0. Andijonda mehmon bo'lgan "Bunyodkor" esa nursiz durang qayd etdi. SHu tariqa, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bu jamoalar o'rtasida ochko 6taga etdi. Lekin "Lokomotiv" rasman chempion emas. Sababi O'zbekiston chempionati reglamentiga ko'ra ochkolar teng kelib qolsa avvalo o'zaro o'yindagi natijalarga etibor qilinadi.
Matematik jihatdan "Bunyodkor"da chempion bo'lish imkoniyati bor. Buning uchun "qaldirg'ochlar" oxirgi ikki bahsning ikkalasida (biri aynan "Lokomotiv" bilan) g'alaba qozonishlari, "Lokomotiv" esa oldindagi ikkala bahsda ham mag'lub bo'lishi kerak.
"Lokomotiv" chempion bo'lishi uchun esa navbatdagi 2ta turda 1 ochko olsa ham etarli bo'ladi. "Temiryo'lchilar" keyingi turda "Metallurg"ga yutqazishmasa muddatdan avval chempion bo'lishadi.
29-tur
"Lokomotiv" - "Metallurg"
"Navbahor" - "Bunyodkor"
30-tur
"Bunyodkor" - "Lokomotiv"
Fikrlar