So’nggi yangiliklar

09:39Гвардиола: "У - мен кўрган энг иқтидорли футболчилардан бири"  2 09:03Романо "Ноттингем Форест"нинг янги бош мураббийи ким бўлишини айтди  3 08:30Кичик Роналду терма жамоага чақирилди  3 08:03Мадрид клуби "Арсенал" стадионидаги вазият юзасидан УЕФАга шикоят йўллади  1 07:35Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" БАА жамоасига қарши майдонга тушади  8 01:22Каррагер "Ливерпул" трансферлари ҳақида: "Одатда бундай ишни "Реал" қиларди"  3 00:45Хулиан Альварес "Арсенал" билан ўйин олдидан: "Атлетико" исталган жамоани мағлуб эта олади"  2 00:15Ла Лига ўз футболчиларига таҳдид қилди  2 23:51Картабиа: "Ўтган йилдан фарқли равишда "Насаф" билан бошқа турнирда тўқнашамиз"  0 23:30ФОТОГАЛЕРЕЯ. Пролига. "Олимпик-MobiUz" – "Арал" 3:1  0 23:22ОФК Элит ЧЛ. "Тракторсози" меҳмонда 5 та гол урди, "Ал Иттиҳод" ҳам йирик ғалабани тантана қилди  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Эртанги ўйинга тўлиқ тайёрмиз"  15 22:32Паулу Соуза: "'Насафни яхши биламиз. Улар ҳозиргача кўпроқ очко тўплашга лойиқ эди"  2 22:19Аморим – сўнгги 5 мавсумда АПЛда "Ливерпуль" ва "Сити"ни меҳмонда мағлуб этган ягона мураббий  1 22:04Мундиалга тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон U-17 Венесуэла билан дуранг ўйнади  2

Sanjar Tursunov - "Loko"ning tushib ketishi, Berdievni tabriklagani, klubdagi mantiqsiz ishlar va kelajagi haqida Yangiliklar

Sanjar Tursunov - "Loko"ning tushib ketishi, Berdievni tabriklagani, klubdagi mantiqsiz ishlar va kelajagi haqida

Bu yil boshida Superligaga qaytgan "Lokomotiv" yana Pro ligaga ravona bo'ldi.

Mavsum boshida bir nechta tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan "temiryo'lchilar" o'z maqsadlariga etisha olmadilar. Bunda murabbiylar almashinuvi, barqarorsizlik, g'alabasiz seriyalari umuman barchasi birlashib muvaffaqiyatsizlikka etakladi. Biz bu borada "Loko"ning etakchisi Sanjar Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Lokomotiv"ga o'tganingizda maqsadlaringizni aytgandingiz. Mavsum yakunlandi va jamoa Pro ligaga tushib ketdi...

- Mavsum boshida klub rahbariyati bilan rejalarimiz boshqacha edi. Yoshlarni sekinlik bilan tarkibga qo'shib borish va "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishni maqsad qilgandik. Aleksandr Stoymirovichga oxirigacha imkoniyat berilmadi. Buning turli sabablari bor. Buni futbolni ichida yurgan odamlar biladi. Jamoaning natijasiga qarab o'ynashni boshladi. Biroz sabr etmadi. Bir yilda 3-4 murabbiy almashdi. Buning natijasida yigitlarda turli vaziyatlar yuzaga keldi. 

- Bir mavsumda jamoani 4 nafar murabbiy boshqardi. Kimga qanday imkoniyat berildi?

- Murabbiylar o'zgarishi rahbariyatning qarori hisoblanadi. Krestininni olib kelganimiz yaxshi qaror bo'ldi, lekin unga ham oxirigacha imkoniyat yaratilmadi. Agarda u qolganida "Lokomotiv"ning Superligada qolishi ehtimoli oshardi. Bitta men emas, jamoadagi futbolchilar ham shunday fikrda edi. 

- Krestinin ketgach yangi murabbiy nomi elon qilindi. Keyin esa siz jamoani tark etdingiz. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab edi?

- Mavsum tugamasidan ketishimga kelsak, odamda g'urur degan narsa bo'ladi. Men bu odam bilan ishlashni istamadim. Nima uchunligini hamma biladi. Rahbariyatning mazkur qaroriga tushunmadim. Grigoriy Kolosovskiy "Metallurg" bilan oxirgi o'rinda yurdi, Babayan shuncha byudjet bilan chempion bo'la olmagan. Bu qarorga men qo'shilmadim. Agar o'rtada yurgan murabbiy kelganida ham boshqa gap edi. Bizdan pastdagi murabbiy kelib yana jamoani tushirib yuborishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. U murabbiy "Lokomotiv"ni olib qolishiga ishonmadim. "Metallurg" Superligada qoldi. Usiz jamoa yaxshi o'ynadi. 

- "Ajdarlar"ning chempionligi Superligada qolgan jamoalar kuchsizlanganidanmi?

- "Nasaf" bu chempionlikka munosib edi. Ro'ziqul Berdievni ham tabrikladim. CHempionat bahslariga kelsak, "Nasaf"ga "Navbahor", OKMK jamoalarining xatolari, qaysidir joyda oxirigacha kurashmagani ham foyda berdi. Futbolda kimdir xato qiladi, yana kimdir undan foydalanadi. "Nasaf" muxlislariga chempionlik muborak bo'lsin deb qolaman. Superliga kuchaydimi yoki yo'qmi lekin tarixda qog'ozga "Nasaf" chempionligi yozildi. 

- O'zbekiston terma jamoasining oxirgi ikki uchrashuvi tashqaridan qanday taassurot qoldirdi?

- Terma jamoaga kelsak, avval ham aytganman menga Katanecning taktikasi yoqmaydi. Hozirgi paytda yaxshi futbolchilarimiz bo'la turib 5 ta himoyachi bo'lib o'ynash to'g'ri kelmaydi. Bu futbolchilar bilan Jahon chempionatiga chiqamiz. Oldinda taktikamizda nimadir o'zgarish bo'lishini, ko'rgan odam bu jamoada kelajak bor deyishini istardim.

- SHunday xabar eshitdikki, Sanjar Tursunov "Bunyodkor"ga o'tadi yoki futbolni tugatadi?

- Hozir 50/50 holatdaman. Futboldan biroz pauza olmoqchiman. Bu tanaffus keyingi faoliyatimga tasir qilishi aniq. Lekin futbolsiz yasholmasam kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика