Eshitdik-da! "Lokomotiv"ni tark etgan futbolchiga "Neftchi" va "Dinamo" qiziqmoqda
25 dek 2024 11:59
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Lokomotiv"ni tark etgan futbolchiga "Neftchi" va "Dinamo" qiziqmoqda
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.
Transfer huquqi "Lokomotiv"ga tegishdi bo'lgan va ortda qolgan mavsumning 2-davrasini ijara asosida "Olimpik"da o'tkazgan chap qanot himoyachisi Maqsudxo'ja Aloxo'jaev "temiryo'lchilar" safini tark etdi. Qizig'i, klub 2023 yilning yanvar oyida Aloxo'jaev bilan 3 yillik shartnoma tuzilgani haqida xabar bergan edi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, Maqsudxo'jaga ayni paytda "Neftchi" hamda "Dinamo" klublari qiziqish bildirishmoqda. Har ikkala klub 20 yoshli himoyachini o'z tarkibida ko'rmoqda.
Malumot uchun, Aloxo'jaev Superliganing 2-davrasi va o'tish bellashuvlarida "Olimpik" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
14:49
Rasman: "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan 4 nafar futbolchini PFLda ro'yxatdan o'tkazdi 17

Fikrlar