Farhod Sohibjonov: "Paxtakor"ga qarshi o'z uyimizda o'ynagandek bo'ldik"
14 apr 13:20
Yangiliklar


Farhod Sohibjonov: "Paxtakor"ga qarshi o'z uyimizda o'ynagandek bo'ldik"
"Bizni kuzatib kelgan va qo'llab-quvvatlab turgan "Andijon" muxlislariga minnnatdorchilik bildiraman. Tarixni muxlislar bilan birga yozdik va g'alabani ular bilan birga nishonladik. "Paxtakor"ga qarshi o'z uyimizda o'ynagandek bo'ldik.
To'g'risini aytsam, shuncha o'yin o'tkazgan bo'lsak, standart ishlanmalarimiz faqatgina "Navbahor"ga qarshi o'yinda ish bergandi. Shunga qaramay, har o'yinda bu borada tayyorgarlik ko'ramiz. Standart vaziyatlarda avvaldan yaxshi tayyorgarlikka egamiz. Bugun esa bu ish berdi.
Bu yil oldimizga qo'ygan maqsadimiz yuqori. xabaringiz bor, joriy mavsum Osiyo Chempionlar ligasida ham ishtirok etamiz. Bugungi g'alaba juda zarur edi. "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng yigitlarning ruhiyati yana-da yuqoriladi. Endilikda stabil holatimizni saqlashga harakat qilamiz", – dedi 23 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar