So’nggi yangiliklar

18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  0 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1

Farhod Nishonov: "Olimpik-Farm"ning asosiy maqsadi 2028 yilgi olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish va unda munosib ishtirok etish" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Olimpik-Farm"ning asosiy maqsadi 2028 yilgi olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish va unda munosib ishtirok etish"

Xabaringiz bor, 2028 yil Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan olimpiyada o'yinlariga tizmli tayyorgarlik ko'rish maqsadida 2005 yil tug'ilgan futbolchilardan iborat "Olimpik-farm" jamoasi tuzildi.


O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov bevosita terma jamoa bilan birga "Olimpik-Farm"ni ham boshqaradi va tayyorlab boradi. Ayni kunlarda O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. Bosh murabbiy Farhod Nishonov oldindagi musobaqalarga tayyorgarlik va maqsadlar haqida gapirib o'tdi. 

"Bu terma jamoamiz 2005 yil tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan. Bu yil hisobidan ilk yig'inimizni o'tkazmoqdamiz. Oldinda rasmiy musobaqalarimiz yo'q. Keyingi yil Osiyo chempionati saralashi bo'lib o'tadi. Faqatgina may oyida CAFA musobaqasi bor. Mazkur turnirga tayyorgarlikni hozirdan boshladik",- deydi Farhod Nishonov. 

- Bir vaqtni o'zida "Olimpik-Farm"ni ham boshqarasiz. Bu jamoa qaysi yilda tug'ilgan futbolchilarni o'ziga qamrab oldi?

- "Olimpik-Farm" ham 2005 yillardan iborat. Maqsadimiz 2028 yilgi olimpiadaga chiqib, munosib natija ko'rsatish. Bunga tayyorgarlik hozirdan boshlangan. Terma jamoani asosiy futbolchilari "Olimpik-Farm"ga o'tdi. Faqat o'zining jamoasida asosiy tarkibda o'ynayotgan yoki nomzod bo'lgan futbolchilarni qoldirganmiz. Klublar bir yilga ijaraga berishgan. 

- Bu terma jamoaning murabbiyi Rauf Inileev edi. Mazkur holatga izoh bera olasizmi? 

- Rauf Inileev maslahatchi bo'lib qoldi. Bosh murabbiylikni menga topshirishdi. Vengriya yig'inidan keyin jamoani men qabul qilib oldim. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика