So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Farhod Bekmurotov: “Tezkor gol ustunlikni bizga taqdim etdi” Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: “Tezkor gol ustunlikni bizga taqdim etdi”

Kecha Farg'onada kechgan “Neftchi” – “Andijon” (1:2) uchrashuvida hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan Farhod Bekmurotov ushbu goli bilan jamoasiga katta foyda keltirdi.

Aynan uning kiritgan to'pidan so'ng “burgutlar”ning ishlari yurishib ketdi deyish mumkin. Qolaversa Farhod maydonda faol xarakatlari bilan boshqalardan ajralib turdi. O'yindan so'ng Bekmurotovlarning kattasi bilan suhbatlashdik. Darvoqe, Farhodning ukasi bo'lgan Farruh Bekmurotov ayni damda yoshlar jamoasida xarakat qilayotganini aytib o'tish lozim. Ajab emas yaqin orada aka-uka Bekmurotovlarning bir vaqtning o'zida maydonda ko'rsak.

- Farhod, “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsdan so'ng navbatdagi derbiga ruhiy jihatdan tayyorgarlik qandan bo'lgandi?
- O'zingiz ham ko'rdingiz, qo'qonliklarga qarshi bahsda o'yinimiz sira qovushmadi. Bizning kunimiz emasdi. O'yindan keyin murabbiylarimiz o'sha mag'lubiyatni huddi qo'rqinchli tushga o'xshatib, tezroq unutishimiz kerakligini aytdi. CHunki navbatdagi o'yin ham muhim edi. Mashg'ulotlarda astoydil shug'ullandik. Xudoga shukur hammasi biz uchun yaxshi bo'ldi.

- “Neftchi”dan qanday o'yin kutgandinglar?
- Farg'onaliklar bungacha o'z uyida “Bunyodkor”ni mag'lub etib, “Lokomotiv” bilan durang qayd etgandi. Bizga qarshi bahsda ham ulardan hujumkor o'yin kutgandim. Lekin omadimiz kelib, tezkor gol kiritdik va ustunlik biz tomonga o'tdi.

- Jamoa mana ikkinchi yildirki Farg'onadan g'alaba bilan qaytdi. Bu safar nimani hisobiga uch ochko qo'lga kiritildi deb o'ylaysiz?
- Birinchi navbatda bizga omad kulib boqdi. Qolaversa murabbiylarning to'g'ri ko'rsatmalari ham g'alabamiz omili bo'ldi.


- Uchrashuvdagi birinchi golga mualliflik qildingiz. Zarba berishdan oldin gol bo'lishiga qanchalik ishongandingiz?
- To'g'risi, gol urishimdan oldin Azamat Isroilov darvozaga zarba bergach gol bo'ladi deb o'ylagandim. CHunki bir kun oldin o'zaro gaplashib o'tirganimizda, ertaga nasib qilsa derbida gol uraman, ko'nglim sezmoqda deb aytgandi. O'sha vaziyatda shu gapi yodimga tushib ketdi. Zarba berganidan keyin gol bo'lsa birinchi bo'lib tabriklamoqchi bo'lib, ortidan yugurdim. Ammo darvozabon to'pni qaytardi. Qarasam posbon joyini tashlab chiqdi. Keyin to'xtatmasdan darvoza tomon zarba yo'lladim va gol.

- SHundan so'ng ichingdan qanday hissiyotlarni o'tkazdingiz? Derbida gol urish baribir boshqacha bo'lsa kerak?
- Albatta. Gol urganimdan so'ng xursandchiligim cheksiz edi. Uni sodiq muxlislarimiz o'tirgan sektor tomon borib, nishonladik. Bu gol joriy mavsumdagi birinchi golim edi. Qandaydir adrenalin bo'ldi.

- Endi keyingi raqib – “Buxoro”...
- Ha, shunday. CHempionatimizdagi eng kuchli jamoalardan biridir. “Neftchi” bilan o'yin tarixda qoldi. Endi asosiy etiborni bo'lajak bahsga qaratamiz. Oldinga intilishimiz talab etiladi. So'zim yakunida fursatdan foydalanib, muxlislarimizga jamoamiz nomidan rahmat aytaman. Qiyin vaziyatda ular bizni safar uchrashuviga borib, qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика