Farg'onada bolalar o'rtasida "Mustaqillik kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
27 avg 2021 12:48
Yangiliklar


Farg'onada bolalar o'rtasida "Mustaqillik kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
23-27 avgust kunlari Farg'ona shahrida "Mustaqillik kubogi" Respublika ochiq musobaqasi bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887 sonli "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 23-27 avgust kunlari Farg'ona shahrida "Mustaqillik kubogi" Respublika ochiq musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada 2006-2008 hamda 2012 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar ishtirok etdilar.
Futbol uchrashuvlar Farg'ona shahridagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi maydonlarida tashkil etildi. Musobaqa yakunida mutasaddi tashkilotlarlar tomonidan g'oliblar diplom, kubok va medallar bilan taqdirlandilar.
Bekzod Tolibov, Farg'onadan maxsus
O’xshash yangiliklar

Fikrlar